Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bunyodkor» savdo markazining ikkinchi qavatida yangi do‘konlar ochildi
Toshkent shahri, Chilonzor tumani, «Mirzo Ulug‘bek» metro bekati yonidagi «Bunyodkor» savdo markazining ikkinchi qavatida yangi do‘konlar ochildi.
Unda siz bolalar uchun qulay bo‘lgan poyabzallar, sifatli kiyim-kechaklarni mo‘'tadil narxlarda xarid qilishingiz mumkin.




Ayollar uchun mo‘ljallangan do‘konlarda ustki va ichki kiyim-kechaklar, poyabzallar, charm mahsulotlari, parfyumeriya va pardoz-andoz mahsulotlari, bijuteriya va turli taqinchoqlar savdoga qo‘yilgan.




Shuningdek, erkaklar didi uchun mos bo‘lgan ustki va ichki kiyimlar, charm mahsulotlari, sifatli poyabzallar ham do‘kon rastalaridan joy olgan.





Uy va ofis uchun mo‘ljallangan sifatli va arzon, assortimenti keng bo‘lgan kantselyariya mahsulotlari ham mijozlar e'tiboriga havola qilinmoqda. Turli tadbirlar, oilaviy va jamoaviy bazmlar, bayramlar uchun mo‘ljallangan suvenirlar, sovg‘alar ham sizni xushnud qilishi shubhasiz.

Do‘konlar soat 9:00dan 22:00gacha sizning xizmatingizda, to‘lov mijozlar uchun qulay bo‘lgan har qanday uslubda amalga oshiriladi.
Reklama huquqi asosida