Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 23:37 / 05.04.2018
3156
1 daqiqa o‘qiladi
“Amsterdam Arena” afsonaviy Yoxan Kroyff sharafiga qayta nomlanadi
Foto: AFP
Amsterdamning “Ayaks” klubi o‘z maydoni “Amsterdam Arena”ni keyingi mavsumdan jamoaning sobiq futbolchisi, afsonaviy Yoxan Kroyff sharafiga qayta nomlaydi.
Keyingi mavsumdan stadion “Yoxan Kroyff Arena” deb atala boshlanadi. Shuningdek, Kroyffning tug‘ilgan kuni – 25 aprelda klubning yangilangan logotipi taqdim qilinadi.
Kroyff 2016 yil 24 martda 68 yoshida vafot etgan. U “Ayaks”, “Barselona” va Niderlandiya terma jamoasi safida to‘p surgan. Kroyff faoliyatini yakunlagandan keyin ikki klubga ham murabbiylik qilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish