19:43 / 05.04.2018
8233

KUN.UZ'ning Telegram'dagi o‘quvchilari soni 300 000dan oshdi!

KUN.UZ tahririyati zamon bilan hamnafas qadam tashlamoqda, bugungi davr talabidan kelib chiqib harakat qilmoqda, ommaviy axborot vositasi sifatida O‘zbekiston va jahonda kuzatilayotgan yangiliklarni o‘z vaqtida yetkazib bermoqda.

Saytning turli ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalari bor. Bugungi kun internet foydalanuvchilarining aksariyati ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanadi. Buni inobatga olgan holda saytning eng yetakchi ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifasi mavjud. O‘quvchi o‘ziga qulay ijtimoiy tarmoq orqali KUN.UZ’da e'lon qilib borilayotgan xabarlar, maqolalar va foto-videomateriallarni kuzatib borish imkoniyatiga ega.

Jumladan, shuni alohida ta'kidlab o‘tish lozimki, saytning O‘zbekistonda eng ommabop bo‘lgan Telegram messenjeridagi obunachilari soni 300 000 dan oshdi. Ushbu ko‘rsatkich O‘zbekistondagi Telegram sahifalari auditoriyasi bo‘yicha rekord natija hisoblanadi.  

KUN.UZ’ni, shuningdek, YouTube (133 600dan ziyod), Facebook (200 300dan ziyod), Twitter (19 750ga yaqin), “Odnoklassniki” (225 800ga yaqin) hamda Instagram (768 000) kabi ijtimoiy tarmoqlar orqali ham muntazam kuzatib borishadi.

Umumiy hisobda O‘zbekiston va dunyo xabarlarini KUN.UZ’ning ijtimoiy tarmoq va messenjerlar orqali jami – 1 647 500 nafarga yaqin o‘quvchi kuzatib bormoqda. Bu KUN.UZ tahririyati uchun ham yutuq, ham o‘ziga xos mas'uliyatdir. Bizdan uzoqlashmang hamda biz sizga tezkor, aniq va xolis axborotlar taqdim etishda davom etamiz.

Top