Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Superliga. «Bunyodkor» so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga g‘alaba qozondi
Foto: Qizilqum PFK matbuot xizmati
Superliga 5-turida «Qizilqum» o‘z maydonida «Bunyodkor»ni qabul qildi.
Muxlislar chiroyli, murosasiz o‘yin guvohi bo‘lishdi. Har ikkala jamoa bir qancha vaziyatlarga ega bo‘lishsa-da, gol so‘nggi daqiqalarda urildi. 84-daqiqada Javlon Ibrohimov «Qizilqum» darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Bu natijadan so‘ng, «Bunyodkor» 13 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda. «Qizilqum» 3 ochko bilan 10-o‘rinni egallab turibdi.
Superliga, 5-tur
5 aprel, Navoiy
Qizilqum (Navoiy) – Bunyodkor (Toshkent) - 0:1
Gol: Javlon Ibrohimov (84)
Hakamlar: V.Serazitdinov (Toshkent), A.Tsapenko (Toshkent vil.), T.Gaynullin (Toshkent), R.Abduvohidov (Qarshi).
Nazoratchi – A.Xotamov (Toshkent). Komissar – R.Chernikov.
Qizilqum: 1.Erkin Jabborov, 7.Nodirxon Kamolov, 11.Doniyor Usmonov, 14.Fayzulla Qambarov, 16.Alisher Yusupov (18.Samandar Shodmonov, 46), 17.Artur Gevorkyan, 21.Muhsin Ubaydullayev, 23.Sherali Jo‘rayev, 30. Elguja Grigalashvili (8.Akmal Rustamov, 60), 44.Mirjalol Qosimov, 70.Andrey Sidorov (84. Nemanya Yovanovich, 86).
Bunyodkor: 32.Suhrobjon Sultonov, 2.Rustam Ashurmatov, 4.Akrom Komilov, 6.Anvar G‘ofurov, 8.Javlon Ibrohimov, 11.Murodjon Toshmatov, 18.Sardor Sobirxo‘jayev, 20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 30.Xurshid G‘iyosov (13.Sanjar Qodirqulov, 88), 44.Mirjamol Qosimov (28.Davronbek Umirov, 56), 99.Filip Rayyevats (9.Shahzodbek Nurmatov, 65).
Ogohlantirishlar: Mirg‘iyos Sulaymonov 23, Sherali Jo‘rayev 40, Mirjalol Qosimov 49, Javlon Ibrohimov 90+2.
Mavzuga oid
15:01 / 12.02.2026
«O‘zbekneftgaz» futbol klublariga homiylik qilishni to‘xtatadi
23:19 / 11.02.2026
«Real» UYeFA bilan Superliga bo‘yicha «futbol manfaati uchun» kelishuvga erishdi
23:18 / 02.12.2025
«Paxtakor» hujumchisi Igor Sergeyev Superligada yil futbolchisi bo‘ldi
19:49 / 30.11.2025