Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashqi ishlar vazirligi tizimi o‘zgartirildi - Prezident farmoni
Foto: UzReport.news
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan "O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish va tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas'uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni e'lon qilindi. Shu bilan birga "O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident qarori ham e'lon qilindi.
Rasmiy ma'lumotga ko‘ra, O‘zbekiston jahonning 133ta davlati bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatgan bo‘lib, ayni paytda xorijiy davlatlarda 47ta diplomatik vakolatxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Hujjatga asosan vazirlik tarkibida Tashqi iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasi tashkil etilmoqda. Vazirlikning Matbuot xizmati Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga aylantiriladi. Konsullik boshqarmasi esa Konsullik-huquqiy boshqarmasi sifatida qayta tuzilmoqda.
Vazirlik tarkibida yangi Chet ellik vatandoshlar bilan hamkorlik
aloqalari boshqarmasi ish boshlashi belgilandi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limida esa "Call-center" xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
Tarkibiy o‘zgarishlar natijasida faoliyati samarasiz deb topilgan "Jahon" AA o‘rniga "Dunyo" axborot agentligi va media-markazi ish boshlaydi.
Bundan tashqari vazirlik tarkibida Tarjimonlar byurosi, Tahlil va prognozlashtirish markazi tuziladi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda vazirlikning hududiy bo‘limlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
17:56 / 29.12.2025
Shavkat Mirziyoyev yil davomida xorijiy davlatlarga 28 ta tashrifni amalga oshirdi
10:51 / 21.07.2025
Talabalarni qabul qilish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiqlashtiriladi
15:38 / 13.06.2025
O‘zbekiston Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyoti yuzasidan chuqur xavotir bildirdi
13:06 / 28.02.2022