Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektr, gaz, issiqlik, suv ta'minoti va suv chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish Davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi
Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari (keyingi o‘rinlar davlat xizmatlari deb ataladi) ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari hisoblansin:
davlat xizmatlari ko‘rsatishda yuridik yoki jismoniy shaxslarning bevosita ishtirok etishini talab qiladigan tartibotlar sonini hamda ularni ko‘rsatish muddatlarini tubdan qisqartirish;
yuridik va jismoniy shaxslardan boshqa davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinadigan hujjatlar va ma'lumotlar talab qilinishini bekor qilish;
davlat xizmatlari ko‘rsatishda byurokratik to‘siq va g‘ovlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro yaqin idoralararo elektron hamkorlik o‘rnatish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyati samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini ta'minlash, ularning mas'uliyatini va ijro intizomini kuchaytirish;
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini (keyingi o‘rinlarda YaIDXP deb ataladi) davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yagona axborot maydonchasi sifatida belgilash.
Belgilanishicha, 2018 yil 1 apreldan boshlab ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma'muriy reglamentlarga muvofiq ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali murojaat qiladilar.
“O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ va O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy- kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va davlat xizmatlari ko‘rsatilishida ishtirok etadigan boshqa davlat organlari:
o‘n kun muddatda davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur hujjatlar va boshqa hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishini hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanishini;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda 2018 yil 1 aprelgacha bo‘lgan muddatda hududiy bo‘linmalar, idoraviy mansub tashkilotlar va davlat xizmatlari ko‘rsatilishida ishtirok etadigan boshqa tuzilmalarning YaIDXPga ulanishini;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda 2018 yil mobaynida har chorakda kamida bir marta Davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma'muriy reglamentlarni amalda qo‘llashning samaradorligi va natijadorligi darajasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv seminarlari tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta'minlaydilar.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda 2018 yil 1 aprelgacha bo‘lgan muddatda YaIDXPda:
davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlarining ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibotini;
loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlaridan tijorat takliflarini olish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning muhandislik- kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha texnik shartlarini joylashtirishni nazarda tutuvchi tizimni joriy etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda 2018 yil 1 aprelgacha bo‘lgan muddatda Yagona billing tizimi orqali real vaqt rejimida elektron shaklda to‘lovlar qabul qilinishini hamda davlat xizmatlari ko‘rsatilishi uchun to‘langan davlat bojlari va yig‘imlar summasi hisobi yuritilishini ta'minlaydilar.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ular tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan faoliyati ustidan, shu jumladan, YaIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatadi;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma'muriy reglamentlarning talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma'muriy jazolarni qo‘llaydi.
Belgilab qo‘yilishicha, davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari - “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J.Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S.Sultanov na O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K.Davletov zimmasiga yuklandi.
Mavzuga oid
16:36 / 29.05.2026
Rossiyadan O‘zbekistonga suyultirilgan gaz yetkazib berish 3,5 barobarga oshdi
09:30 / 27.05.2026
“Kommersant”: Rossiya Armanistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
17:59 / 16.05.2026