Jahon | 18:11 / 06.04.2018
7843
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada Qozog‘istondan kirib kelayotgan sut ustidan nazorat kuchaytirildi

Foto: TASS

Rossiyaning Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini nazorat qilish xizmati hududiy boshqarmalarga Qozog‘istondan kirib kelayotgan sut mahsulotlari ustidan nazoratni kuchaytirish haqida ko‘rsatma berdi. Bu haqda xizmat saytida xabar qilinadi.

«Rosselxoznadzor hududiy boshqarmalarga ushbu mahsulotga nisbatan uning qayerda ishlab chiqarilgani bo‘yicha nazoratni kuchaytirish haqida topshiriq berdi», - deya ma'lum qilishgan Rosselxoznadzordan.

Xizmatdan ta'kidlashlaricha, Rosselxoznadzor tomonidan o‘tkazilgan tahlil doirasida 2018 yilning ilk uch oyi davomida Qozog‘iston Respublikasidan Rossiyaga 4041 tonna sut mahsuloti yetkazib berilgani, bu avvalgi 5 yildagi yetkazib berish hajmlaridan ko‘pligi aniqlandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid