Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp va Kim Chen In uchrashishi mumkin bo‘lgan joylar ma'lum qilindi
AQSh va Shimoliy Koreya Donald Tramp va Kim Chen Inning uchrashuviga tayyorgarlik bo‘yicha maxfiy muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalarga iqtibos keltirgan holda CNN telekanali xabar bermoqda.
AQSh tomonidan muzokaralarda Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq rahbari va yaqinda davlat departamenti lavozimiga nomzodi taklif qilingan Mayk Pompeo ishtirok etmoqda.
“Amerikalik va shimoliy koreyalik razvedka xodimlari bir necha bor, jumladan uchinchi davlat hududida muzokaralar o‘tkazganlar”, deb ma'lum qildi telekanal.
Tomonlar ayni vaqtda uchrashuv detallari va uni o‘tkazish joyini muhokama qilishmoqda. Shimoliy koreyaliklar uchrashuvni Pxenyanda o‘tkazishni taklif qilishmoqda. Uchrashuv o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan yana bir joy sifatida Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator aytilmoqda.
“Uchrashuv joyi va sanasi belgilangandan keyin kun tartibi batafsil muhokama qilinadi”, deb ma'lum qildi CNN.
Mavzuga oid
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
08:50 / 24.04.2026
Tramp: Putin G20 sammitiga kelsa, foydali bo‘ladi
08:55 / 23.04.2026
Politico: Tramp NATO davlatlarini “yaxshi” va “yomon”ga ajratdi
11:45 / 22.04.2026