Farg‘onada eshak so‘yib sotgan yana bir qassob qo‘lga tushdi
Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida faoliyat yurituvchi qassoblardan biri eshak go‘shti sotish bilan ham shug‘ullangani fosh bo‘ldi. Bu haqida «Muloqot TV» telekanali reportajida ma'lum qilingan.
Ma'lum bo‘lishicha, Sodiqjon Botirov Dang‘ara tumanida qoramol olib sotish savdosi bilan shug‘ullanib kelgan. Shu bilan birga u o‘z xonadonida qoramol va qo‘ylarni so‘yib, aholi iste'moli uchun tarqatgan. Lekin u o‘z uyida eshaklarni ham so‘yib, go‘shtlarni turli savdo nuqtalariga sotgani ma'lum bo‘ldi. Dang‘ara tuman IIB tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Sodiqjon Botirov eshak go‘shtini olib ketayotgan avtomashina to‘xtatilgan.
«Botirov Sodiqjon Urayimovich boshqaruvidagi avtomashina to‘xtatilib, tekshirilgan vaqtda mashina yukxonasida go‘sht mahsulotlari borligi aniqlangan. Bu mahsulotlar shubha tug‘dirgani sababli, tekshirib ko‘rish uchun daliliy ashyo sifatida olindi. Dang‘ara tuman veterinariya bo‘limi tomonidan berilgan 107 - raqamli xulosaga ko‘ra bu eshak go‘shti ekani aniqlangan», deya izoh beradi Dang‘ara tuman IIB tergovchisi Furqatjon Siddiqjonov.
Telekanal tomonidan tayyorlangan reportaj davomida Dang‘ara tuman veterinariya bo‘limi mutaxassisi Akramjon Matkarimov eshak go‘shtini inson organizmi uchun o‘ta xavfli kasalliklar yuqtirishi haqida ma'lumot bergan bo‘lsa, Qo‘qon shahar bosh imom xatibi Abdumajid hoji Isaqov islom dinida eshak go‘shtini mol go‘shtiga aralashtirib sotish juda katta gunoh ekanligini aytib, uni halol deya bilmasdan yegan va farzandlariga yedirgan odamlarlarning gunohi o‘sha go‘shtni sotgan kishiga bo‘lishi, demak, u kishi minglab odamlarni gunohini bo‘yniga olgani haqida o‘z fikrini bildirgan.
«Mol bozoridan mol olib kelib so‘yib, bozorda go‘shtini sotaman. Oxirgi safar ikki eshak ham olib kelib, uyimda so‘yib mol go‘shtiga aralashtirdim. Go‘shtni 16 mingdan sotardim. Eshak go‘shtini aralashtirsam, sal foyda bo‘larmikin deb shu ishga qo‘l uribman», deydi Sodiqjon Botirov.
«Sodiqjon Botirov O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy kodeksiga ko‘ra tegishli jazoga tortildi. Lekin, uning bunday pastkashligi oqibati nimalarga olib kelganini barchamiz bilamiz. Qolgani esa, kimsaning qilgan ishidan vijdoni qiynalishi yoki qiynalmasliga bog‘liq» deya yakunlanadi «Muloqot TV» reportaji.

Bundan avvalroq Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida eshak so‘yib sotgan qallob «tadbirkorlar» qo‘lga olingani haqida xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20 / 10.05.2025
Mavzuga oid

13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti

17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?

12:15 / 28.04.2025
Farg‘onada 1 maydan ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshadi

19:52 / 24.04.2025