Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistondagi avtohalokatda 26 bola hayotdan ko‘z yumdi
Hindiston shimolidagi Ximachal-Pradesh shtatida maktab avtobusi ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida kamida 26 bola halok bo‘ldi. Bu haqda NDTV telekanali xabar bermoqda.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, avtobus chuqurligi 30 metrlik daraga tushib ketib, ag‘darilib ketgan. Yo‘l-transport hodisasi sabablari ma'lum qilinmagan.
Voqea joyida qutqaruv xizmatlari ish olib bormoqda.
Ma'lum qilinishicha, avtobusda xususiy maktabning 5- va boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari bo‘lgan. India Today nashrining ma'lum qilishicha, avtobusda 40 ga yaqin bola bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:04 / 30.06.2026
O‘zbekistonda yashayotganiga 1 yildan oshgan har to‘rt nafar xorijlikdan biri – hindistonlik
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026