Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ravon mashinalarining Rossiyada qimmatlashishi sababi ma'lum qilindi
Avvalroq Rossiyada Ravon avtomobillarining narxi oshgani ma'lum qilingandi. 9 aprelda kompaniya maxsus matbuot bayonotida narxlar oshishining sababini tushuntirgan.
“2018 yil 1 apreldan narxlarning oshishi Rossiyada avtomobil texnikasini utillashtirish yig‘imi bo‘yicha narxlar oshgani bilan bog‘langan. Dvigateli hajmi 1 litrdan 2 litrgacha bo‘lgan yengil mashinalar uchun utillashtirish yig‘imi 90 foizga oshdi. Bunga ko‘ra, Ravon’ning 1,25 litrli va 1,5 litrli dvigatelga ega modellar qatori bu oraliqqa tushadi. Ravon’ning barcha avtomobillari GM Uzbekistan zavodlarida ishlab chiqariladi va Rossiyaga eksport qilinadi”, deb ma'lum qilingan xabarda.
Rossiyada sotilishga mo‘ljallangan Ravon avtomobillarining narxlari modeliga bog‘liq ravishda 10-30 ming rublga oshgandi.
“Avtostat” tahliliy kompaniyasining ma'lum qilishicha, Rossiyada Ravon avtomobillari savdosi hajmi 2018 yilning 1-choragida 2,5 martaga oshib, 4,1 ming donani tashkil qilgan.
Mavzuga oid
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026