Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning eng badavlat 50 kishisi bir kunda 12 mlrd dollardan ko‘proq ziyon ko‘rdi
AQSh hukumati 6 aprelda Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritishiga investorlar darhol munosabat bildirib, Rossiya kompaniyalaridagi aktivlarini sota boshlashdi. Shundan keyin rubl va RTS indeksi tushib ketdi. Buning oqibatida rossiyalik dollardagi milliarderlar umumiy hisobda 12 mlrd dollardan ko‘proq ziyon ko‘rishdi. Bundan Forbes ma'lumotlari darak bermoqda.
Yangi sanksiyalar 26 jismoniy shaxs va 15 kompaniyani qamrab olgan.
Sanktsiyalardan eng ko‘proq Oleg Deripaska zarar ko‘rgan. En+, US Rusal va Deripaska bilan bog‘liq yana 6 kompaniya sanksiyalar ta'siriga tushgan. Rusal’ning Hongkong birjasidagi kotirovkalari 50 foizga tushib ketgan, Deripaskaning davlati esa 1,3 mlrd dollarga kamaygan.
Deripaskaning “Norilskiy nikel” bo‘yicha hamkori Vladimir Potanin sanksiyalar ro‘yxatiga tushmagan bo‘lsa-da shuncha miqdorda zarar ko‘rgan. “Nornikel” aksiyalari 16 foizga qadrsizlanib ketgan. Ushbu kompaniyada Potaninga 32,9 foiz, Deripaskaga esa 27,8 foiz aksiyalar tegishli.
Eng ko‘p zarar ko‘rgan rossiyalik milliarderlar uchtaligiga Viktor Vekselberg ham kirgan. U hamkorlari bilan birga Rusal’ning 26,5 foiz aksiyasiga egalik qiladi. Vekselbergning yo‘qotishlari deyarli 1 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Rossiyaning ayni vaqtdagi eng boy odami Vladimir Lisin yangi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilmaganiga qaramay, 540 mln dollar zarar ko‘rgan. Shuningdek, “Severstal”ning eng yirik aksiyadori Aleksey Mordashov 530 mln dollar, “Novatek” egalaridan biri Leonid Mixelson 800 mln dollar, senator Suleyman Kerimov 840 mln dollar, Roman Abramovich 534 mln dollar, Vagit Alekperov 519 mln dollar zarar ko‘rganlar.
Rossiya hukumati AQSh sanksiyalari ostiga tushgan kompaniyalar ko‘mak olishlarini aytgan. “Hukumat salbiy effektning oqibatlarini minimallashtirish uchun barcha zarur ishlarni qilmoqda”, deb aytgan Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Mavzuga oid
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
18:06 / 08.06.2026
Rossiyada migrantlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish muddati qisqartiriladi
17:53 / 08.06.2026