Sport | 19:38 / 09.04.2018
31325
1 daqiqa o‘qiladi

Jahon chempionatlari tarixidagi eng chiroyli gol aniqlandi

Foto: Arxiv foto

1986 yili Meksikada o‘tkazilgan jahon chempionatida, mezbonlar hujumchisi Manuel Negrete tomonidan Bolgariya (2:0) darvozasiga kiritilgan to‘p musobaqa tarixidagi eng chiroyli gol deb topildi.

Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi JCh-2018 sahifasida o‘tkazilgan so‘rovnomada muxlislar 32ta goldan biriga ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Natijada, Negrete finalda braziliyalik Ederning 1982 yilgi mundialda SSSR (2:1) darvozasiga urgan golini ortda qoldirdi.

Mavzuga oid