Jahon | 23:48 / 10.04.2018
10280
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya bosh vaziri Tereza Mey shahzoda Garrining nikoh to‘yiga taklif qilinmadi

Foto: RIA Novosti

Shahzoda Garri va aktrisa Megan Markl o‘zlarining nikoh to‘ylariga Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyni taklif qilishmadi. Bu haqda Britaniya hukumatidagi manbaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi. Buni shahzodaning vakili ham tasdiqlagan.  

“Hazratiya oliyalari hukumati bilan bu qaror bo‘yicha maslahatlashuv o‘tkazilgan. Qarorni qirollik xonadoni qabul qildi”, deb aytgan manba va ham britaniyalik, ham xorijiy siyosatchilarni to‘yga taklif qilmaslikka qaror qilinganini qo‘shimcha qilgan. 

Nikohning o‘zi 19 may kuni Vindzor saroyidagi Avliyo Georgiy ibodatxonasida bo‘lib o‘tadi. Nikohda butun qirollik oilasi, Meganning ota-onasi va boshqa mehmonlar ishtirok etadilar. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid