Jahon | 20:49 / 11.04.2018
20404
2 daqiqa o‘qiladi

«Trampning so‘zlari BMTda muhokama qilish uchun jiddiy sabab»

Foto: Alex Wong / Getty Images

Rossiya Federatsiya kengashining xalqaro ishlar qo‘mitasi raisi Konstantin Kosachev feysbukda AQShning mutlaq yolg‘on vajlarga asoslanib Suriyada kuch qo‘llashga tayyorligi BMT Xavfsizlik kengashi va boshqa xalqaro maydonlarda jiddiy suhbat uchun asos ekanligi aytildi.

“AQSh prezidenti Trampning Rossiyaga tetik murojaati... rostini aytsa, o‘zining namoyishkorona yengiltakligi bilan dahshatga soladi – sayyoramizdagi eng katta harbiy arsenal kimlarni qo‘llarida ekanligini tushunganingda, haqiqatan qo‘rquv bosadi. Uni mutlaq yolg‘on vajlar asosida qo‘llashga tayyorlik esa BMT Xavfsizlik kengashi va boshqa xalqaro maydonlardagi jiddiy suhbat uchun sababdir”, deb yozgan Kosachev.

Uning aytishicha, “AQShga Suriyaga g‘olibona “qaytish” zarur va Damashq uchun ma'nosiz, biroq jangarilar va Vashington uchun juda ham o‘rinli bo‘lgan kimyoviy hujum “mavridida” bo‘ldi.

Avvalroq Tramp Rossiyani AQSh Suriyaga raketa zarbalari berishiga tayyor turishga chaqirgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid