Video: Boysundagi tog‘ yo‘lida mashinalar boshqaruvsiz «balandlikka yuradi»

Surxondaryoning Boysunidagi Padang qishlog‘ini eshitganmisiz? Boysundan chiqishda o‘sha mashhur Omonxona qishlog‘iga yetmasdan chapga kiriladi. Ushbu qishloqda «Boysun bahori» xalqaro etnografik festivali o‘tkazilishi uchun qizg‘in tayyorgarlik ketmoqda.
Padang qishlog‘idan 8 km narida joylashgan magnitli tog‘ haqida eshitganmisiz? Ushbu hudud xaritalarda 38°16'55.55" shimoliy kenglik, 67°14'52.69" sharqiy uzunlikda belgilangan.
Mahalliy aholi bu yerni «magnitli joy» deb atashadi. Bir qaraganda, balandlikka chiqilayotgandek ko‘rinadigan bu qiyalikda tezlik uzatmasi neytral holatga qo‘yilsa va tormoz bosilmasa, balandlikdan tushib kelayotgan mashina yana orqaga ketadi. Yo‘lga suv quyilsa — u ham tepaga qarab oqadi.


Boshni aylantiruvchi bu sinoatning sababi nima ekan? Anomaliyami yoki optik illyuziya? Bunga faqat mutaxassislar javob bera olishi mumkin...
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tesla aksiyalari xavotirli ko‘rsatkichgacha pasaydi
Jahon | 21:00
-
Tashqi qarz miqdori: xalqaro tavsiyalar va joriy vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:44
-
Toliblar endi Rossiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji
Jahon | 20:43
-
Xorazmda 7-sinf o‘quvchisi tungi klubda raqqosalik qilayotgani aniqlandi
Jamiyat | 20:42
Mavzuga oid

21:44 / 04.04.2025
“Gulzor qilib qo‘ygandi, endi u yo‘q” – Surxondaryoda 200 tup daraxt yo‘q qilingani aytilmoqda

14:38 / 01.04.2025
Osiyodagi eng chuqur g‘or joylashgan qishloq – Dehibolo | Manzil

18:45 / 28.03.2025
“Gaz yana portladi” – “M-25” konida “vodorod sulfidining nazorat ostidagi otilishi” ro‘y berdi

08:42 / 28.03.2025