Jahon | 19:34 / 12.04.2018
9015
1 daqiqa o‘qiladi

«Kamida, xlor». Makron Suriyada kimyoviy hujum ro‘y berganiga oid dalillar borligini ma'lum qildi

Foto: Pascal Rossignol/Reuters

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning ma'lum qilishicha, Parijda Suriyaning Duma shahrida kimyoviy quroldan foydalanilgani bo‘yicha dalillar bor. Bu haqda u TF1 telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozmoqda Le Figaro.

«Bizda dalillar bor, taxminan 10 kun avval kimyoviy quroldan foydalanilgan – kamida, xlor», - deya aytib o‘tdi Makron.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kimyoviy qurolning qo‘llanilishi ortida Suriya prezidenti Bashar Asadning rejimi turibdi. Makronning qayd etishicha, aniq qarorlar «ular eng samarali bo‘ladigan paytda» qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Suriyaga berilishi mumkin bo‘lgan zarbalar muddati haqida gapirgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid