Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiya yangi o‘ta og‘ir raketani 10 yildan keyin sinovdan o‘tkazishini aytdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, Rossiyaning yangi o‘ta og‘ir raketasini sinovdan o‘tkazish 10 yildan so‘ng amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda u VDNXdagi «Kosmos» pavilonini ko‘zdan kechirish chog‘ida aytib o‘tgan, deb xabar beryapti RIA «Novosti».
«O‘ta og‘ir raketa, birinchi sinov 10 yildan keyin o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda», - deya ma'lum qilgan Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vostochniy kosmodromidagi sinovlar uchun maxsus uchirish maydonchasini barpo etish talab qilinadi.
«Rejalashtirmoqdamiz va yaqin vaqt ichida ishni boshlaymiz, og‘ir raketa uchun qilmoqdamiz, endi o‘ta og‘ir raketa uchun kerak bo‘ladi», - deya qo‘shimcha qilgan Putin.
Shuningdek uning ta'kidlashicha, raketani qurish va unga maydonchani barpo etish bir xil vaqtda amalga oshirilishi zarur, bunda uchirish kompleksi ham, tashuvchi ham bir vaqtda paydo bo‘lishi kerak.
Mavzuga oid
21:33 / 02.07.2026
Xalqaro Buker mukofoti nomi rossiyalik milliarder sharafiga o‘zgartiriladi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
11:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
11:21 / 02.07.2026