Jahon | 10:02 / 13.04.2018
7097
1 daqiqa o‘qiladi
106 yoshli ingliz tros orqali tezkor tushish moslamasida uchgan eng keksa odam bo‘ldi (video)
“Titanik” kemasi cho‘kkan 1912 yilda tavallud topgan, 106 yoshli angliyalik Jyek Reynolds Zip Line – po‘lat trosda yuqoridan pastga tezkor tushishga mo‘ljallangan moslamada uchgan eng keksa odam bo‘ldi. Bu haqda Travel and Leisure nashri xabar bermoqda.
Odatda qariya Jyek nogironlar aravachasida harakatlanadi, biroq bu uni 60 km/soatdan yuqoriroq tezlikda pastga tushish istagidan qaytara olmadi.
Bu Jyek o‘z tug‘ilgan kunida o‘rnatayotgan uchinchi rekordidir. Ikki yil avval u badaniga tatu tushirtirgan, o‘tgan yil esa Amerika tepaliklarida uchgan eng keksa odamga aylangandi.