Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Putinning 2017 yildagi daromadlari deklaratsiyasini ma'lum qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2017 yilda 18 mln rubldan ko‘proq daromad olgan. Bu qiymat uning 2016 yildagi daromadidan 2 martadan ko‘proqni tashkil qiladi. Kreml saytida e'lon qilingan ma'lumotlarga ko‘ra, Putinning 2017 yildagi daromadi 18 mln 728 ming rublni tashkil qilgan, 2016 yilda esa 8 mln 858 ming rubl ishlab topgandi.
O‘tgan yil ichida Putinga tegishli yoki u foydalanadigan ko‘chmas mulk obektlari ro‘yxatida o‘zgarishlar yuz berdi. Jumladan, daromadlar haqidagi ma'lumotlarda avval har yil Putin tomonidan deklaratsiya qilingan 1500 kvadrat metrlik yer maydoni boshqa ko‘rsatilmagan. Putin tomonidan deklaratsiya qilib kelingan qolgan ko‘chmas mulk o‘zgarishsiz qolgan, bular: Putinning o‘ziga tegishli 77 kvadrat metrlik kvartira va 18 metrlik garaj hamda u foydalanadigan 153 kvadrat metrlik kvartira va garaj.
Avvalgi yillardagi kabi prezident faqatgina Rossiyada ishlab chiqarilgan mashinalarga, jumladan ikkita GAZ M-21, “Niva” mashinalariga va "Skif" avtotirkamasiga ega.
Mavzuga oid
19:04 / 30.06.2026
«Zarar bor» – Putin Ukraina hujumlari, benzin taqchilligi va Ankorij kelishuvi haqida
18:39 / 30.06.2026
«O‘zlariga qaytayotgan urush realligi» – Rossiya yana dronlar hujumiga uchradi
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
21:15 / 23.06.2026