O‘zbekiston | 19:30 / 13.04.2018
7886
2 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev irrigatsiya lotoklarining samaradorligiga e'tibor qaratdi

Sirdaryo tumanida viloyat sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namoyish etildi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev «Crocus uz compozit» korxonasining irrigatsiya lotoklari ishlab chiqarish loyihasiga alohida e'tibor qaratdi. Joriy yilning dekabr oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan korxonada kompozit materialdan yiliga 180 ming metr lotok va quvurlar ishlab chiqariladi. 150 kishi ish bilan ta'minlanadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident sug‘orishda isrofgarchilik ko‘pligi, bunday sifatli lotoklar suvni tejash va undan samarali foydalanishda dolzarb ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Ideal asr» korxonasida ishlab chiqarilayotgan gaz tejash uskunalarining ahamiyatiga to‘xtalib, bunday mexanizmlarni hamma joyda o‘rnatish zarurligi qayd etildi.

Sirdaryo tumanidagi «Wang da group» qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilayotgan metall mahsulotlar, Guliston shahrida «Zinnur» brendi ostida tayyorlanayotgan krossovkalar prezidentda katta taassurot qoldirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid