Sport | 20:44 / 13.04.2018
10898
1 daqiqa o‘qiladi

Ramazon oyida Superliga o‘yinlari vaqti o‘zgartiriladi

Foto: Tribuna.uz

O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi muxlislarga qulay bo‘lishi uchun, Ramazon oyida Superliga o‘yinlarining boshlanish vaqtini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.

PFL sayti xabariga ko‘ra, tashkilot mutaxassislari bu borada ish olib borishyapti.

Ma'lumki, bu yil Ramazon may oyining o‘rtasida boshlanadi. Kunlar juda issiq kelishini, natijada, ro‘zador futbol muxlislariga og‘ir bo‘lishini inobatga olib, Superliga o‘yinlarining boshlanish vaqti kechroqqa surilishi mumkin.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid