Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud Telegram’ni zudlik bilan bloklash kerakligining sababini tushuntirdi
Foto: Depositphotos / ulyana_andreeva
Telegram messenjerini Rossiya hududida zudlik bilan bloklash kerak, chunki undan foydalanish “shaxsiy ma'lumotlar sub'yektlari konstitutsion huquqlarining sezilarli qoidabuzarliklari”ga olib kelishi mumkin. Bu haqda Moskva sudi qarorida aytilgan.
Chiqarilgan hukmda aytilishicha, dastur “ommaviy va shaxsiy manfaatlarga sezilarli ziyon yetkazishi mumkin”, kompaniyaning o‘zi esa davlat idoralariga axborot taqdim qilish bo‘yicha “qonunda ko‘zda tutilgan majburiyatini bajarishi lozim”.
Sudning ta'kidlashicha, himoya tomoni xabarlarni rasshifrovka qilish uchun kalitlarni berishning texnik nuqtai nazardan ilojsizligining isbotlarini taqdim qilmagan.
Avvalroq sud Roskomnadzorning messenjerni bloklash arznomasini qondirgan. Bu Telegram’ning Federal xavfsizlik xizmatiga shifrovkalash kodlarini taqdim qilishdan bosh tortishi bilan bog‘langan.
Telegram huquqshunoslari sud jarayoniga kelishmagan. Advokatlarning aytishicha, jarayonga tayyorlanish vaqtida sudya “protsessual qoidabuzarliklar”ga yo‘l qo‘ygan. Ularning aytishicha, kompaniyaga Roskomnadzorning arznomasi bilan tanishishga imkon berilmagan va shu tariqa ular e'tiroz bildirish imkoniyatidan mahrum etilganlar.
Mavzuga oid
10:53 / 29.11.2025
Roskomnadzor WhatsApp messenjerini to‘liq bloklash bilan tahdid qilmoqda
22:42 / 14.11.2025
Telegram bir kunda rekord darajada ko‘p kanalni blokladi
19:23 / 13.11.2025
Fransiya hukumati Telegram asoschisi Durovga qo‘yilgan cheklovlarni butunlay olib tashladi
11:47 / 25.10.2025