Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram’ning Rossiyada bloklanishi unga butun dunyo bo‘ylab qiziqishni yanada oshiradi
Dunyo bo‘ylab Telegram messenjeriga qiziqish Rossiyada uning bloklanishi haqida qaror qabul qilingach ancha oshdi. Sud qarori uning biznesiga ijobiy ta'sir o‘tkazishi aniq.
Umuman olganda, 2018 yilda messenjerlarni taqiqlash haqidagi g‘oyaning o‘zi biroz kulgili holatdir. Foydalanuvchilarning 95 foizi baribir uni chetlab o‘tish yo‘llarini darhol topadi, qolgan 5 foizi esa shunchaki bunga e'tiborsiz qaraydi.
Albatta, butun dunyoda Telegram va Pavel Durovga bo‘lgan qiziqish ancha jiddiy tarzda oshdi. Bu uning biznesiga ham yaxshi ta'sir ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, Moskvaning Taganka sudi 13 aprel kuni Roskomnadzorning Telegram messenjerini bloklab qo‘yish bo‘yicha talabini qanoatlantirdi. Bu servis FXXga foydalanuvchilar yozishmalarini shifrlash imkonini beruvchi kalitlar taqdim etilmagani uchun yuz berdi.
Roskomnadzordan ma'lum qilishlaricha, Rossiyada Telegram’ga kirish bo‘yicha cheklovlar Taganka sudi qarori olinganidan so‘ng joriy etiladi. Kreml messenjerning bloklanishi bo‘yicha qarorga izoh bermagan. Rossiya prezidentining internet bo‘yicha maslahatchisi German Klimenko barcha amaldorlarga Telegram messenjerini tark etishni tavsiya qildi.
Telegram yuristlari esa Moskva shahri Taganka sudining messenjerni bloklash haqidagi qaroriga shikoyat berish niyatida ekanliklarini ma'lum qilishdi. Bu haqda «Agora» Xalqaro huquq himoyasi guruhi vakili Dmitriy Kolbasin xabar bergan. «Xalqaro Agora advokatlari bugungi sharmandali jarayonda ishtirok eta olishmadi. Hozir bizga sudning bugungi qarorini olishimiz, uni o‘rganib chiqishimiz muhim va, albatta, bizning advokatlar u bo‘yicha shikoyat bilan chiqishni rejalashtirishmoqda», - deya ma'lum qilgan Kolbasin.
Mavzuga oid
21:33 / 02.07.2026
Xalqaro Buker mukofoti nomi rossiyalik milliarder sharafiga o‘zgartiriladi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
11:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
11:21 / 02.07.2026