Nosirulloh yurib ketadimi?
Bu - sinovli dunyo. Alloh barchamizga sabrimiz yetadigan darajada sinov beradi. Sinov kelganda ezgulikka tashna qalblar doim topiladi, yordam beradi.
Mana shunday sinovlardan birini Andijon shahrida istiqomat qiluvchi Hayotxon Rahmonova ham o‘tkazmoqda. Hayotxon opaning Nosirulloh ismli farzandi bor. U 13 oyligida falokat yuz berib, yiqilib tushgan. 2,5 yoshligida Nosirulloh yurmay qo‘ygan. Unga DTSP tashxisi qo‘yilgan. 5,5 yoshidan beri nogiron sifatida davlat ro‘yxatida turadi.

Nosirulloh garchi sog‘lom bo‘lsa-da, aqli zaiflar maktabida o‘qiydi. Onasi uni opichlab maktabga olib boradi. Maktabdan keyin ona bechora Hindiston mutaxassislarining tavsiyasi bilan suzish va gimnastika sport turlariga qatnashtiradi. Umid esa bor. Qimmat dorilar evaziga Nosirulloh yana oyoqqa turib ketishi mumkin. Ayol yig‘lab men yashadim, ko‘rdim bolam endi yashasin, bolamni eliga xizmat qilib, suzish bo‘yicha chempion bo‘lishini xohlayman xolos, deb gapirishi yuraklarni ezadi.
Er-xotin hech qayerda ishlashmaydi. Oila nogironlik nafaqasi va dadasining ba'zan bo‘lib, ba'zan bo‘lmaydigan kunlik topgan puli evaziga kun kechiradi. Oila mahallaning eski masjid binosida yashaydi. Suyganiga sinov bergan Alloh bir yil avval ham sinov berib, bir xonali uylarida yong‘in chiqqan. Yong‘indan so‘ng uy juda achinarli holatga kelib qolgan. Uning ustiga har uch oyda bir bolasini shifoxonaga olib borib, shifokorlar tavsiya qilgan dori-darmonlarni olib muntazam davolatib turadigan oila moddiy yordamga juda muhtoj bo‘lib qolgan. Juda qiynalmoqda.
Azizlar, kelinglar, Nosirullohning oyoqqa turib ketishiga yordam beraylik. Orzumand onaning orzusi ushalishiga yordam beraylik. Qurbimiz yetganicha, moddiy yordamimizni ayamaylik. Qo‘llarimizni ochib duolarimizda Allohga yaqin oilaga sabr va shifo so‘raylik!
Qo‘shimcha ma'lumotlar:
Manzil: Andijon viloyati, Andijon shahar, To‘xtasin Keldiyev 5-tor ko‘chasi, 5-uy
Rahmonova Hayotxon
Plastik karta raqami: Agrobank: 8600 0424 5582 6783
Telefon: +99891 2912980
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Qotil» ekologiya, mashhurlar ortiga yashiringan firibgarlik va amaldorlarga majburiy til
Jahon | 12:28
-
Eco Expo Central Asia 2025 ko‘rgazmasi doirasida 120 dan ortiq kelishuv imzolandi
O‘zbekiston | 11:47
-
🔴 LIVE: NATO qurollanmoqda. Putin nima deydi? | “Geosiyosat” haftaligi
Jahon | 11:05
-
Tehronda Isroil zarbalari qurboni bo‘lgan general va olimlarning dafn marosimi o‘tkazildi – fotolar
Jahon | 09:58
Mavzuga oid

20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi

15:18 / 06.03.2025
“Ezgu Amal” jamg‘armasi yangilangan nizomini e’lon qildi

15:30 / 03.02.2025
O‘zbekistonda “Ona uyi” xayriya loyihasi taqdimoti o‘tkazildi

13:54 / 31.01.2025