Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Manchester Siti» Angliyaning 5 karra chempioni
Foto: Manchester Siti
«Manchester Siti» muddatidan avval Angliya chempionatining 2017/18 yilgi mavsumi g‘olibiga aylandi.
Premer-liganing 34-turida «Man Siti» safarda «Tottenhem»ni yenggandi (3:1), «Manchester Yunayted» esa bugun «Vest Bromvich»ga yutqazdi (0:1).
Jamoalarda mavsum yakuniga qadar 5 o‘yin o‘tkazishadi (ikki jamoada ham zaxiradagi bir tur bor), oradagi farq esa 16 ochkoni tashkil qilmoqda va endi Joze Mourino jamoasi qolgan turlarda qanday natijalar qayd etilishidan qat'i nazar Pep Gvardiola jamoasini quvib yeta olmaydi.
Shu tariqa, «Manchester Siti» Angliya chempionati oliy divizionida beshinchi marta g‘oliblikka erishdi (1936/37, 1967/68, 2011/12, 2013/14, 2017/18).
Mavzuga oid
12:07 / 09.02.2026
Fantastik gol, bahsli penalti va so‘nggi daqiqalardagi drama. «Siti» g‘alabani ilib ketdi
23:09 / 06.02.2026
Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
11:13 / 05.02.2026
«Siti» ham finalga chiqdi
12:33 / 02.02.2026