Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«MYu» yutqazdi va «Manchester Siti»ni chempionga aylantirdi
Foto: Premer liga
Angliya chempionatining 34-turida «Manchester Yunayted» «Vest Bromvich Albion»ga yutqazdi. «Old Trafford» stadionida kechgan uchrashuv 1:0 hisobida mehmonlar g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yindagi yagona gol 73-daqiqada Jyey Rodriges tomonidan urildi. «MYu» APLda 5 uchrashuv davom etgan g‘alabali seriyasini yakunladi, «Vest Bromvich» 10 uchrashuv davom etgan g‘alabasiz seriyasiga yakun yasadi.
Shu tariqa, «Manchester Yunayted» turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilish uchun nazariy jihatdan ham imkoniyatini yo‘qotdi va «Manchester Siti» mavsum yakuniga 5 tur qolganida chempionlikni rasmiylashtirdi.
Angliya chempionati
34-tur
Manchester Yunayted – Vest Bromvich 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 73 Rodriges.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Lindelef, Valensiya, Yang (Reshford, 75), Pogba (Marsyal, 58), Matich, Mata, Errera (Lingard, 46), Sanches, Lukaku.
Vest Bromvich – Foster, Douson, Gibbs, Nom, Xegazi, Fillips (Kryxovyak, 77), Livermor, Brant (Yakob, 90), Makkleyn, Rondon (Starridj, 85), Rodriges.
Ogohlantirishlar: Pogba (29), Nom (77).
Mavzuga oid
12:15
«Siti» derbida taslim etildi, muxlislar Vinini yig‘latishdi
21:56 / 14.01.2026
Maykl Kerrik «Manchester Yunayted»ni mavsum oxirigacha boshqaradi
21:25 / 05.01.2026
Amorimning kutilmagan iste’fosi. «MYu» rahbariyatining qarori qanchalik to‘g‘ri?
15:42 / 05.01.2026