Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Si Tszinpin proteksionizm global iqtisodiyotga katta xavf keltirishini aytdi
Foto: RIA Novosti / Sergey Guneyev
Xitoy raisi Si Tszinpin Davosda Jahon iqtisodiy forumi asoschisi Klaus Shvab bilan uchrashuvda oxirgi vaqt avj olayotgan protektsionistik kayfiyatlar global iqtisodiyot uchun xatarlar va mavhumlikni kuchaytirishini aytdi.
“Oxirgi vaqtda dunyoda globallashuvga qarshi va protektsionistik kayfiyatlar avj olmoqda, bu jahon iqtisodiyotida xatarlar va mavhumlikni kuchaytiradi. “To‘rtinchi sanoat inqilobi” uzluksiz rivojlanish bosqichidadir, biroq u ko‘plab sinovlar va xavflarni o‘z ichiga oladi”, deb aytgan Si Tszinpin.
Xitoy rahbari “ayni vaqtda dunyoda ko‘plab muammolar va sinovlar mavjudligini, biroq ularga ko‘p tomonlama hamkorlikni kuchaytirish bilan javob berish, ularni teng huquqli muloqot yo‘li bilan hal qilish lozimligini” aytdi.
“Tarix yopiqlik oxir-oqibat boshi berk ko‘chaga olib kelishini isbotlagan, faqatgina ochiq hamkorlik sekin-asta yangi imkoniyatlarni ochishga qodir. Yirik davlatlar shu bilan bog‘liq holda o‘z zimmalariga muhim va ahamiyatli majburiyatlar oladilar”, deb aytgan Xitoy yetakchisi.
U “Xitoy “yirik, mas'uliyatli davlat” sifatida xalqaro hamjamiyat bilan ochiq hamkorlik doirasida ishlashga tayyorligini va dunyoga tinchlik hamda barqarorlik olib kelish uchun o‘zaro manfaatli hamkorlikka intilishini aytdi.
Mavzuga oid
19:42 / 29.12.2025
Tayvan - Xitoy biqinidagi «porox bochkasi»
13:56 / 29.12.2025
Xitoy Tayvan atrofida mashg‘ulot boshladi: harbiylar orolni blokada qilishni sinovdan o‘tkazadi
19:11 / 28.12.2025
Xitoy AQShning 20ta kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi
19:33 / 27.12.2025