Gilos Özbekiston meva rastalarining bezagi, dehqonçilikning sara hosili hisoblanadi. Gilos vitaminlarga boyligi bilan ham mevalar orasida ajralib turadi. Inson tanasida keçuvçi moddalar almaşinuvi jarayonida muhim ahamiyatga ega bölgan kalsiy, temir, magniy, fosfor, kaliy, natriy minerallariga ham boy, umuman olganda salomatlik uçun zarur bölgan ne'mat. Gilos xaqida köp ma'lumotlarni yozişimiz, aytişimiz mumkin. Biroq bugun boşqa gap bor. (Istisno tariqasida katta harflar bilan yozamiz) Bu EKSPORT masalasi!
Özbekiston gilos mevasini eksport qiliş hajmi böyiça jahonda 5-örinda turadi. Uşbu körsatkiç bir qaraşda yuqori körinsa-da, azaldan iqlimi boğdorçilik uçun mos serquyoş ölka Özbekiston uçun kam. Mamlakatimiz dunyoda gilos eksporti yetakçisiga aylaniş qudratiga ega. Ta'kidlaş kerakki, Prezident Şavkat Mirziyoyevning bugungi kunda eksport borasida olib borayotgan amaliy işlaridagi katta maqsadlaridan biri ham şu. Özbekiston öz imkoniyatlari va salohiyatidan kelib çiqqan holda yetakçilikni qölga kiritişi lozim. Bu borada kerakli topşiriqlar va vazifalar berilgan. Şunga köra, bu yilgi natijalardan umid katta. Marralar olis, biroq maqsad aniq. Bu yil nasib bölsa, 140 ming tonnadan ziyod hosil kutilmoqda. Tabiiy savol tuğiladi. Özbekistonning gilos eksporti böyiça bu yilgi pozitsiyasi qanday?
Kuni keça «Özbekoziqovqatxolding» kompaniyasi tarkibidagi «Özagroeksport» AJ 2018 yil hosili uçun fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan yetiştirilgan gilos mevasini Özbekistondan FCA şarti (eksport bojini tölagan holda sotib oluvçi öz transportida tovarni Özbekistondan olib çiqadi) bilan narxlarni e'lon qildi.
Unga köra, 11 aprel kuni «Özagroeksport» AJning rasmiy veb saytida gilos mevasining 18+, 24+, 26+ kalibrli toifalari 6 dollardan 12 dollargaça qilib belgilangan. Eşitgan quloq, körgan köz uçun dilni yayratadigan narx. «Dehqon boboning çöntagi qappayarkan, ortidan davlatning ham», - deb piçirlab qöyadigan narx. Biroq qöyilgan narx bizni taajjubga soldi. Nega desangiz, marketing qoida va talablari nomutanosibdek körindi. Keling, mazkur narxlarni tahlil qilib köramiz va eksport masalasida köndalang turgan muammolarga nazar taşlaymiz.
Narxlar «Otning kallasi»
Jahon meva-sabzavot savdosi yangiliklari va tadqiqotlarga möljallangan Freshplaza.com
Mavzuga oid
resursidagi ma'lumotlarga qaraganda, 2018 yil mavsumini oçib beruvçi va yanvar – mart oylarida qizğin pallaga kirgan Xitoy va Koreya savdo bozorlaridagi narxlar 4 dollardan 8 dollargaça qayd etildi. Çin yurtiga asosan Çili, Argentina, Avstraliya va Amerika Qöşma Ştatlari gilos eksport qiladi. Bu yilgi eng sifatli, ya'ni 26+ kalibrli gilos mevasi narxlari barça bojlar va transport xarajatlarini qöşganda, Şanxay va Guangjou ulgurji bozorlarida 6 dollardan - 8 dollargaça qayd etildi. Mahalliy gilos navlari esa 4 dollargaça bölgan narxda sotildi. Töğri, bu biznes içida yurmagan inson Xitoy yoki Koreya supermarketlaridagi 12-15 dollarlik narxlarni körib, şu narx töğri bölsa kerak, deb öylaşi ham mumkin. Ammo, odatda ulgurji bozordagi narxlarga çakana savdo supermarketlarida kamida 50-60 foiz qöşib narx belgilanadi. Ma'lumot uçun, dunyoda gilos importi böyiça birinçi örinda turuvçi Xitoy bozoriga özbek gilosini eksport qiliş uçun, transport xarajatlaridan taşqari, u yerdagi importer mijoz firma tovarni bojxonada rasmiylaştiriş uçun 70 foiz (!) miqdorida boj tölaşi lozim (Özbekiston Jahon Savdo Taşkilotiga a'zo bölmagani sababli, 70 foiz miqdorida boj tölanişi lozim). Agar «Özagroeksport» narxlariga tayanadigan bölsak, bizning gilosimiz Xitoy bozoriga eng kami 13,6 dollardan 27,2 dollargaça bölgan narxlar oraliğida kirib boradi. 8 dollardan sotilgan Çili yoki Avstraliya gilosi bilan narxdagi farq 340 foizni taşkil qilmoqda.
Özbekiston gilosi may oyida pişib, hosilga kiradi va asosan Rossiyaga eksport qilinadi. Boz ustiga, Rossiya yiliga 68 ming tonnagaça gilosni Turkiya, Serbiya, Ozarboyjon va Özbekistondan import qiladi hamda dunyoda gilos importi böyiça uçinçi örinni egallaydi. 2017 yil gilos mavsumi may-iyun oylarida Rossiya bozorlaridagi narxlar katta hajmdagi mahsulot uçun 300 rubldan (5,5 dollar) boşlandi va mavsum qizğin payti 140 rublgaça (2,5 dollar) tuşdi.
Körinib turibdiki, «Özagroeksport» tomonidan belgilangan narxlar bu yilgi va ötgan yilgi biz uçun asosiy eksport bozorlarida qayd etilgan narxlardan keskin baland. Qolaversa, gilosni eksport qiliş uçun qöşimça işlov beriş, ya'ni bir sutka davomida muzlatiş, qadoqlaş va bojxona tölovi xarajatlari bilan, Rossiya bozoriga özbek gilosi 7,67 dollardan 14,75 dollargaça narxlarda kirib boradi. Eksport qiluvçilar gilosni Rossiya bozoriga olib borib, sotiş uçun bitta yevrofura (içiga 18 tonna meva siğdiradigan yuk maşinasi) uçun jami 127 ming AQŞ dollari ya'ni, milliy valyutada qariyib 1 milliard 32 million söm mablağni sarmoya qilişi kerak böladi. Endi aytingçi, kim mana şunday tavakkalga tayyor?
Xöş, ötgan yili «Özagroeksport» narxlari qanday edi? 2017 yilgi mavsum aprel va may oylarida narx 3 dollardan 3,8 dollar diapazonida belgilangan edi. Şu boisdan bu yilgi narxlar böyiça xaridorlar «Qaysi omillar hisobiga narx 200 foiz miqdorida kötarildi?» degan dolzarb savolni berişlari aniq. Ayni paytda rossiyalik importyorlarimiz bu narxlarda Özbekistondan katta miqdorda gilos sotib olişga şartnomalar tuzişga öz roziligini bermayotgani haqida ma'lumotlar bor. Rasman bu ma'lumot tasdiqlanmagan bölsa-da, biroq xabar asosli va mantiqli bölgani uçun unga işonib taxmin qilsa böladi. Mabodo «Özagroeksport» aksionerlik jamiyati gilos mevasini narx tufayli katta miqdorda Rossiya bozoriga olib kiriş uddasidan çiqa olmasa, boşqa davlatlarning bozoriga kirişni reja qilişi mumkin. Masalan, Koreya yoki Xitoy bozoriga. Işonçli manbalarning ma'lumot berişiça, «Özagroeksport» bu yilgi mavsumda Koreya va Xitoy bozorlariga 10 ming tonnadan ortiq gilos eksport qilişni rejalaştirmoqda. Biroq, koreyalik yoki xitoylik tadbirkorlar ham transport xarajatlarini qӯshmaganda (aviatransport narxi 1kg.ga örtaça hisobda 2 dollar) 6 dollardan 12 dollargaça bölgan narxlarni baland deb hisoblaşlari mumkinligini yuqorida asoslab berdik. Özingiz xulosa qilişingiz mumkin.
Demak, asosiy eksport bozorimiz bölgan Rossiyadan boşqa davlatlarda ham Özbekiston gilosiga joriy yildagi narxlarimiz bilan kiriş juda qiyin bölişi mumkin. Yana boşqa variantlarni körib çiqamiz. Gilos sotilmadi deylik. Uni qayta işlaş mumkin. Biroq konservalaş korxonalarining eksport uçun möljallangan gilosdan heç bölmaganda yarmini ham qayta işlaşga kuçi yetadimi? Boz ustiga, gilos konservantiga bölgan talab yangi uzilgan gilosnikiga qaraganda ança kam. Atigi 6 hafta davom etadigan gilos mevasi mavsumida tezkorlik qilinmasa, 140 tonnalik kutilayotgan hosildan eksport uçun möljallangan 30 ming tonnasi nobud bölişi mumkin.
Qozon bitta ammo…
Ma'lumki, Prezident Şavkat Mirziyoyev barça viloyat hokimlari hamda mutasaddi rahbarlarga eksport hajmini oşiriş talabini qöymoqda. Talab töğri – 100 foizga töğri. Va haqli. Ammo ijro masalasida raqamlar ketidan quviş va qoğozlarga kasal bölib qolyapmiz. Natijada, eksportyorlar turli byurokratik tösiqlarga duçor bölişmoqda.
Faraz qilaylik, men tadbirkor sifatida Toşkent şahridan firma oçganman va bevosita faoliyatim Toşkent şahrida. Gilos mavsumida men hosilni butun respublika böylab sotib olaman va uni sovutaman, saralayman va maxsus idişlarga qadoqlayman. Şundan söng, xorijga eksport qilaman. Muammo şundaki, agar men Farğona viloyatidan gilos sotib olsam, eksportni faqat Farğona viloyatidan röyxatdan ötgan firma orqaligina eksport qilişga majburman.
Ötgan yili eksportyor tadbirkor döstim mavsumda 18 tonna gilosi nobud bölganini aytganida katta taajjubda qolgan edim. Bu yili ham öşa öşa. Eski hammom, eski tos! Tasavvur qiling, eksportçi tadbirkor har bir viloyatga muzlatgiç qurişi, öşa viloyatdan firma oçişi, hisob raqam oçişi - bularning bari keraksiz xarajatlar-ku? Qolaversa, xorijdagi hamkorlarga har bir viloyat böyiça 12ta şartnoma beriş kulgili emasmi? Şu yösinda işlaş bölsa, şu kunlarda har bir tuman hokimligi ham bu mantiqsiz talabni qöysa ajablanmaymiz.
Özingniki özagingga uradi...
Aksar hollarda bozor degan maydonda şartni sotuvçi emas xaridor qöyadi. «Mijoz har doim haq» degan purma'no gap bejiz çiqmagan. Mamlakatimiz eksport tizimida Vazirlar Mahkamasining «Yangi uzilgan, quritilgan va qayta işlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiliş tartibi töğrisida»gi nizomining 2-bobida qayd etilişiça, 100 foizlik oldindan tölovlarni amalga oşiriş şarti mavjud.
Aytiş kerakki, bunday şart meva yetiştiradigan asosiy davlatlar içida faqatgina Özbekistonda mavjud. Xöş, bu neçoğlik töğri? Özbekiston mevalari şirin, vitaminga boy, iste'molboplikda ança-munçasi yeta olmaydi. Ammo yölga doş berişda çidamsiz. Aynan şu nuqtai nazardan ham aksar xaridorlar 100 foizlik tölovni oldindan amalga oşirişni xohlamaydi. Çunki, yölga bardoş bera olmagan mevalar qay holatda yetib borişini yaxşi bilişadi. Mana neça yildirki, eksport bilan şuğullanuvçi tadbirkorlarimiz katta kompaniyalar bilan hamkorlik qilişi muşkul bölib kelmoqda. Har yili ular katta tavakkalçilik bilan dunyo bozoriga çiqişadi. Hadik bilan savdo qilişadi. Bunday talabni qöyiş turli firibgarliklardan himoya qilişini tuşunamiz, lekin bir masala yeçimi ortida ikkinçi muammo kelib çiqmasligi kerak.
Dehqonning qöynida puç yonğoq!
«Özbekoziqovqatxolding» kompaniyasi özbek gilosi eksportida kompaniya tarkibidagi «Özagroeksport» aksionerlik jamiyati 2018 yil hosili uçun fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan yetiştirilgan gilosni fyuçers şartnomalari, ya'ni, oldindan pul tölaş orqali xarid qilib oliş böyiça e'lon berdi va narxlar belgilandi. Unga köra, gilos mevasi quyidagi narxlarda xarid qilinadi:
I toifa: 26 000 ming söm/kg;
II toifa: 18 000 ming söm/kg;
III toifa: 10 000 ming söm/kg;
Ötgan yili gilos mavsumida dehqonlarimiz asosiy hajmni 12 ming sömdan 15 ming sömgaça sotgan. Anglaganingizdek, dehqonlarimiz gilosdan ötgan yilga nisbatan ikki barobar köproq daromad olişni reja qilib bölgan. Biroq, real bozor bu narxni kötaradimi? Çunki, gilosning tannarxi yangi narx böyiça 5 dollarni taşkil etmoqda. Yuqorida aytilganidek, saralaş, sovutiş, maxsus idişlarga joylaş va barça tölovlar bilan yana 2 dollar qöşilmoqda. Endi eksportçi tadbirkorning ahvolini tasavvur qilib köring. Şuningdek, içki bozorga ham bu narx öz ta'sirini ötkazmay qöymaydi.
Aslida gilosning tannarxi 1 kilogramiga 6-8 ming sömni taşkil etadi. Biroq «16 ming sömdan 26 ming sömgaça» deb dehqonlarimizda notöğri ma'lumotni şakllantiriş, ularning qöynini puç yonğoqqa töldiriş, atigi 40 kun davom etadigan gilos mavsumida tuşunarsiz vaziyatni yuzaga keltiradi. Haqiqiy narxni esa bozor belgilaydi. Agar tuşunarsiz vaziyat sabab narxlar birdaniga tuşib ketsa, buni önglaş juda qiyin böladi va unga yetarli vaqt ham yöq.
Bojxonaçining boş oğriği
Ayni kunda bojxona xodimlari oldida meva eksporti boji uçun belgilangan Tn VED kodlari böyiça haqiqiy boş oğriği bor. Boisi, mevalarning köplarida toifasi boşqa, narxi boşqa ammo bojxona tölovi, Tn VED kodlari bir xil. Masalan, ayni mavzuga oid gilosni olaylik. «Özagroeksport» aksionerlik jamiyati çiqargan narxlarda gilos 3 xil toifaga bölingan. Ya'ni, 18, 24,26 kalibrli toifalariga 0809 29 000 0 TnVED kodi berilgan. Ayting-çi, bojxonaçi 3 xil toifadagi, 3 xil narxdagi gilos mevasini bir xil kod bilan rasmiylaştiradimi? Qanday qilib har bir yaşikdagi giloslar kalibrovkasi amalga oşiriladi? Xullas, bojxonada yana boş oğriq.
Gilosning boşida piyozning kuni!
Yuqorida aytib ötilgan muammolarning yeçimi ham bor. Buning uçun raqamlar ketidan quvmasdan masala mohiyatiga kirib borsak bölgani. Darvoqe, Vazirlar Mahkamasining «Yangi uzilgan, quritilgan va qayta işlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiliş tartibi töğrisida»gi NIZOMning 3-bobida «Eksport kontraktlari Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasining, muntazam faoliyat körsatadigan meva-sabzavot maydoni yarmarka savdolari yakunlari böyiça yuzaga keladigan örtaça narxlar hisobga olingan holda hamda jahon bozorlaridagi narxlar kon'yunkturasidan kelib çiqib, talab va takliflar asosida şakllanadigan bozor narxlari böyiça tuziladi» deb qayd etilgan.
Biroq «Özagroeksport» aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil uçun e'lon qilgan narxlari qaysi yarmarkaning qaysi talab va takliflari asosida belgilaganikin,degan savol javobsiz qolmoqda. Bir söz bilan aytganda gilosning boşiga piyozning kuni kelmoqda. Işqilib oxiri baxayr bölsin. Zero isrofning uvoli tutadi.
Bu savollar bilan «Özoziqovqatxolding» AJ rahbari Tohir Jalilovga ham yuzlanib, javob olişni rejalaştirganmiz.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi