Xalq ta'limi vaziri o‘zini oqlamoqchi bo‘ldi va tanqidga uchradi

Vazirlar Mahkamasida jamoat ishlariga majburiy jalb qilishni taqiqlash, bu borada rahbarlar mas'uliyatini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish vaqtida bosh vazir tanqidiga uchragan Xalq ta'limi vaziri Ulug‘bek Inoyatovga so‘z berildi.
«To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, rahbar sifatida menda jur'at yetishmagan. Kerak bo‘lsa, vaqtida majburiy mehnatga xayrixoh bo‘lib, buni vatanparvarlik sifatida bilib, tepasida turganman.
O‘sha paytda siyosatimiz shunga mos edi. Chunki, biz ziyolilar bu jarayonda qatnashmasdan, bir chetda tursak bo‘lmasdi, buni jamiyatdagi o‘zgarishlarga munosabat sifatida ko‘rilgan bo‘lardi.
Hozirgi kunda Xalq ta'limi tizimida 675 ming nafarga yaqin xodim ishlaydi. Texnik xodimlar bilan birga. Men ularning har biriga yetib bora olmayman, lekin seminarlarda qonuniy mehnat va noqonuniy mehnat farqi borasida tushunchalar berib boramiz. Har bir xodimning huquqi masalasida tushuncha berib boramiz.
To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, bunday o‘zgarishlarga moslasha olmadik. Shuning oqibatida mana shu holatlar kelib chiqdi. Samarqanddagi holatni shaxsan borib o‘rgandim, bu yerda barchasi og‘zaki topshiriqlar bilan bo‘lgan. Hech qanday hujjat bo‘lmagan. Kattaqo‘rg‘on tumani xalq ta'limi bo‘limi mudiri o‘qituvchilarni obodonlashtirish ishlariga jalb qilish borasida og‘zaki topshiriq berganini tan oldi. U o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shadi. Maktab direktori ham», degan Ulug‘bek Inoyatov.
Bosh vazir uning so‘zlariga javoban yana tanqidiy fikrlar bildirib o‘tdi.
«675 ming kishi, hammasiga yetib borolmayman deyapsiz. Vazir hammasini ushlab turishi kerak. Hammasiga yetib bora olmayman, deydigan rahbar qanaqa rahbar bo‘ladi?», degan janob Aripov.
«Nima uchun o‘qituvchilarni himoya qilmadingiz?». Abdulla Aripov vazirni tanqid qildi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan haftada Sirdaryo viloyati faollari bilan bo‘lgan uchrashuvda Samarqandda yuz bergan o‘qituvchi fojiasini eslab, majburiy mehnatga qarshi gapirgandi. Shundan so‘ng, O‘zbekistonda majburiy mehnatga qarshi kampaniya boshlandi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy sudi yuzlab tirik timsohlarni onlayn auksionga qo‘ydi
Jahon | 19:28
-
Tramp Rossiyadan Ukrainani bombalashni to‘xtatishni talab qilmoqda
Jahon | 19:11
-
Yandex Uzbekistan yangi Market marketpleysini ishga tushirdi
Jamiyat | 19:00
-
Saida Mirziyoyeva Rossiya Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 18:50
Mavzuga oid

20:07 / 18.03.2025
Paxtachida TTB boshlig‘i xodimlarini ovoz yig‘ishga majburlayapti. U 200 ta monoblok va 50 ta printerni nima qilmoqchi?

13:31 / 18.03.2025
«Tashabbusli budjet»da majburiy ovoz to‘plangan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi

11:20 / 14.03.2025
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi

19:00 / 24.10.2024