21:05 / 17.04.2018
11105

OChL. «Lokomotiv» guruhda qolib ketdi

Foto: FcLokomotiv

Osiyo Chempionlar Ligasida guruh bosqichining so‘nggi tur o‘yinlari o‘tkazildi.

V guruhida «Lokomotiv» o‘z maydonida Eronning «Zob Ohan» klubini qabul qildi. Keyingi bosqichga chiqish uchun toshkentliklarga faqat g‘alaba kerak edi. Ammo «Lokomotiv» nursiz o‘yin namoyish qildi va 1:1 hisobidagi durangni qayd qildi. Natijada, har ikkala klub 7 ochko jamg‘arishdi, biroq, Erondagi o‘yinda «Zob Ohan» 2:0 hisobida g‘alaba qozongani uchun, 2-o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqdi.

Guruhning yana bir bahsida Qatarning «Ad-Duhayl» klubi o‘z maydonida «Al-Vahda»ni 1:0 hisobida yengib, 18 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi.

OChL-2018, V guruhi, 6-tur
Lokomotiv (O‘zbekiston) – Zob Ohan (Eron) - 1:1 
Gollar:
 To‘xtaxo‘jayev (90) - Tabriziy (25)
Lokomotiv: 1.Ignatiy Nesterov, 5.Kaxi Maxaradze, 6.Nivaldo (19.Husniddin G‘ofurov, 79), 10.Marat Bikmayev, 15.Sardor Mirzayev, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 22.Sanjar Shoahmedov, 27.Sardor Rashidov, 28.Shuhrat Muhammadiyev, 33.Oleg Zoteyev (77.Diyor Turopov, 65), 88.Igor Yyelich.
Zob Ohan: 12.Muhammad Rashid Mazaheri, 34.Milad Faxriddini, 33.Sattari, 88.Hamid Buhamdan, 6.Xolid Shafiyei, 2.Muhammad Nejadmahdi, 5.Giorgi Gvelsesiani, 7.Sayid Muhammad Rizo Hussayni (8.Xadadifar, 90), 11.Murtazo Tabrizi (10.Rahmoni,  69) 3.Muhammadzoda, 99.Kiros
Ogohlantirish: Zoteyev 21. 
Bosh hakam: Ko Hyung Jin (Janubiy Koreya)
Qanot hakamlari: Yun Kvang Yeol, Kim Yung Ha (Janubiy Koreya)
Zaxira hakami: Chaye Sang Hyop (Janubiy Koreya)

Mavzuga oid
Top