19:52 / 17.04.2018
6450

"O‘zbekistondan ketmasimdanoq bu yerga yana kelishni rejalashtirib qo‘ydim" - Karen Anand

Karen’s Gourmet Kitchen va  Markets by Karen Anand kompaniyalari asoschisi Karen Anand Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Milliy PR-markazi taklifiga binoan O‘zbekistonga keldi. Qo‘mita vakillari KUN.UZ'ga shu haqida xabar berishdi.

Karen Anand O‘zbekistonga sayohati davomida o‘zining yordamchisi Falguni Goxkale bilan Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlarida bo‘ldi hamda mamlakatning tarixiy obidalari bilan tanishdi. Shuningdek ular mahalliy restoranlarda ham bo‘lib, milliy taomlarimizni zavq bilan tatib ko‘rishdi va har birining tayyorlanishini yaxshilab o‘rganishdi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati

Bundan tashqari, Karen Anand O‘zbekistonning milliy san'at namunalaridan katta taassurot oldi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati

"Sizning yurtingiz menga juda yoqdi, - deydi Karen. - Milliy taomlar, tarixiy obidalar, odamlar - juda zo‘r. Kashtalar, so‘zanalar, gilamlar, ipak va keramika - barchasi juda ajoyib. Albatta, bu yerda men xaridlardan o‘zimni tiya olmadim va vatanimga to‘la chemodan bilan qaytyapman, hatto yukim keragidan ortib ham ketdi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati

O‘zbekistonda investorlar va ishbilarmonlar uchun imkoniyatlar juda ko‘p, deb o‘ylayman. Ketmasimdanoq bu yerga yana kelish rejasini tuzib qo‘ydim va kelasi safar bir o‘zim emas, butun bir guruh bilan kelishni rejalashtiryapman. Hoynahoy, shu yilning sentabrida, meva va sabzavotlar g‘arq pishgan mavsumda O‘zbekistonga yana kelsak kerak, men ayniqsa sizning tarvuz va qovunlaringiz dong‘i haqida eshitganman. Do‘stlarim va tanishlarimning O‘zbekistonga sayohati unutilmas bo‘lishini xohlayman. Mening fikrimcha, O‘zbekistonni xalqaro miqyosda ko‘proq reklama qilish kerak, zero ko‘pchilik sizning yurtingiz haqida yetarlicha tasavvurga ega emas. Sizning Hindistondagi "elchingiz" bo‘lishdan behad shod bo‘laman", - deydi Anand.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati

Karan Anand tashrif yakunlari bo‘yicha o‘z blogida ( karenanand.net), shuningdek Britaniyadagi BBC Good Food nashrida hamda mashhur Hindustan Times nashrida O‘zbekistonga sayohati haqida yozishni rejalashtirmoqda.

Ma'lumot uchun: Karen 17 ta kitob muallifidir. U sayohatlar va taomlar haqida yozish barobarida turli retseptlar tuzuvchisi va restoratorlar bo‘yicha maslahatchi hamdir. Shuningdek Anand Hyatt Hotels and Resorts, Hilton, Jet Airways, The Park and Khyber, Phillips, Britannia  kabi yirik kompaniyalar faoliyati bo‘yicha maslahatlar bergan. U Star TV telekanalida taomlar haqidagi birinchi televizion dastur muallifi hisoblanib, unda hindistonlik yulduzlarga taom tayyorlashni o‘rgatadi va Hindiston televideniyesida kulinar shoularni olib boradi. Anand xonim BBC Good Food, Harpers’ Bazaar, Travel and Leisure, Lonely Planet kabi nashrlar uchun kolonkalar yuritadi.

 

Top