Vazirlarga hayfsan berildi

Foto: Kun.uz
Xalq ta'limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov va Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga majburiy mehnat holatlari bo‘yicha faktlarni berkitishgani va holatni ochiq bayon qilishmagani uchun hayfsan e'lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bosh vazir Abdulla Aripov raisligida o‘tkazilgan hududlarda ta'lim va tibbiyot xodimlarini majburiy mehnatga jalb etish holatlari oldini olishga bag‘ishlangan videoselektorda ishtirok etgan «Kun.uz» muxbiri xabar bermoqda.
Yig‘ilishda ikki vazirdan tashqari XTB boshliqlari ham intizomiy jazoga tortilgan.
Ishga mas'uliyatsizlik bilan qaragani, xodimlarning majburiy mehnatga jalb qilinishiga yo‘l qo‘yib bergani Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev qat'iy ogohlantirildi, Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev va Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyevga nisbatan hayfsan e'lon qilindi.
Shuningdek, Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Yo‘ldoshevga, Toshkent viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Burxonovga ta'lim sohasi vakillarini obodonlashtirish va o‘z majburiyatiga kirmaydigan ishlarga jalb qilishgani uchun hayfsan e'lon qilingan.
Bundan avvalroq hokimlarga hayfsan va ogohlantirishlar berilgani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

19:08 / 16.12.2024
Samarqandda o‘quvchiga qo‘l ko‘targan direktor o‘rinbosariga hayfsan berildi

20:18 / 30.11.2024
Energetika sohasidagi sustkashlik uchun 14 nafar hokimga hayfsan berildi

17:02 / 14.09.2024
Maktab o‘quvchilari orqali fuqarolarga eslatma-xat yo‘llagan soliqchilarga hayfsan berildi

19:22 / 28.08.2024