Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Telegram haqida: Putin xabardor
Rossiya prezidenti Vladimir Putin sudning Telegram messenjerini bloklash haqidagi qaroridan xabardor. Bu haqda RF yetakchisi matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
Jurnalistlar Peskovdan Putinga Telegram bloklanishi bilan bog‘liq vaziyat haqida hisobot berishgani haqida savol bilan murojaat qilishdi.
«To‘g‘ri savol, biroq, albatta, prezident sud tomonidan bloklash haqida qabul qilingan qarordan xabardor», - deya javob qaytargan u.
13 aprel kuni Moskva shahrining Taganka sudi Roskomnadzorning Telegram’ni bloklash bo‘yicha arizasini qanoatlantirdi. Bu messenjer ishlab chiquvchilarining FXXga shifrlash kalitlarini topshirishdan bosh tortgani bilan bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq messenjer sarmoyadori, Qiwi asosiy aksiyadori Sergey Solonin Telegram IP-manzillarni smartfonlardagi ichki funksiyalar orqali o‘zgartirish imkonini berishi, hamda shuning uchun u Roskomnadzorning bloklashga bo‘lgan urinishlariga qaramay, hamon ishlayotgani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
20:34 / 05.06.2026
Bu xat qo‘pollik unsurlariga ega - Putin Zelenskiyning xati haqida
17:01 / 05.06.2026
«Oreshnik» hali jangovar qo‘llangani yo‘q – Putin
14:21 / 05.06.2026