Bugungi kunda Özbekistonda islohotlar şiddat bilan olib borilayotgan bir davrda mamlakat jurnalistikasi rivojlanişini qöllab-quvvatlaş, jurnalistlarning fuqarolik pozitsiyasi va mustaqil tafakkurini şakllantiriş, yurtimizda amalga oşirilayotgan demokratik, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy islohotlarni bosma va internet OAVda keng yoritilişini yanada rağbatlantiriş va bu yölda jurnalistlar faolligini oşiriş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş maqsadida Jamoat fondining bosma va internet OAVning ijodiy va texnik xodimlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş va naşrlar holatini yaxşilaşga doir konsepsiya işlab çiqildi va taqdim etildi. KUN.UZ muxbiri Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi rahbari Said-Abdulaziz Yusupov bergan ma'lumotlarga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
Fondning 2018-2020 yillardagi faoliyatiga doir konsepsiyasi quyidagilarni öz içiga oladi:
- Bosma axborot naşrlari va agentliklari materiallarining kasbiy, ğoyaviy va badiiy saviyasini kötarişga yönaltirilgan loyiha hamda dasturlarni moliyalaştiriş va amalga oşiriş;
- Mustaqil OAV va axborot agentliklari jurnalistlari va texnik xodimlarini tayyorlaş va qayta tayyorlaş, jumladan, ularning xorijdagi öquv stajirovkalarini taşkil etişni moliyalaştiriş va amalga oşiriş;
- Internet tarmoqlarida mamlakat axborot resurslarini rivojlantiriş;
- Bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklariga jamiyat uçun alohida ijtimoiy ahamiyatga molik bölgan ilmiy loyihalarni tayyorlaş va amalga oşirişda moliyaviy yordam körsatiş;
- Bosma OAVni rivojlantiriş maqsadida xorijiy moliyaviy manbalarni jalb etişga doir loyihalarni amalga oşiriş.
Mazkur konsepsiyani işlab çiqişdan maqsad fondning kelgusidagi vazifalarini oldindan rejalaştiriş va şu rejalar asosida vaqt va şaroitlarni inobatga olgan holda tez moslaşuvga erişiş, şuningdek hamkorlikni yölga qöyiş rejalaştirilgan taşkilotlar uçun avvaldan ma'lumotlarni taqdim etiş va şu orqali loyihalarni ilmiy asoslangan natijalari bilan tanişiş imkonini yaratişdan iborat.

















