Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«So‘nggi vaqtlarda feyk va dezinformatsiyalarning soni ortib borayotganiga guvoh bo‘lyapmiz» - Komil Allamjonov
Prezident Administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari Komil Allamjonov 17 iyul kuni davlat, nodavlat tele- va radiokanallar hamda boshqa OAV rahbarlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tele- va radiokanallar, umuman OAV va mediatarmoqlar oldidagi dolzarb muammolar, yangi trendlar, matbuotning yaqin kelajakdagi holati, shuningdek, milliy kontent yaratish ishlari muhokama qilindi. Nosog‘lom media muhitini o‘zgartirish, xususan, sohada qonunchilikni takomillashtirish, jurnalist etikasini tartibga solish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
«So‘nggi vaqtlarda OAV va media vakillari o‘z faoliyatlarida sensatsion materiallarga urg‘u berayotganligi, ta’bni xira qiluvchi turli noxush vaziyatlar, shu jumladan, qotillik, o‘lim bilan bog‘liq hodisalarni bo‘rttirib ko‘rsatish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Qolaversa, ijtimoiy tarmoqlarda, matbuotda feyk va dezinformatsiyalarning soni ortib borayotganligiga ham guvoh bo‘lyapmiz.
Shu nuqtai nazardan, bu kabi nosog‘lom media muhitni o‘zgartirish, xususan, sohada qonunchilikni takomillashtirish, jurnalist etikasini tartibga solish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi», deb yozdi Komil Allamjonov.


Mavzuga oid
20:26 / 25.06.2026
To‘qayev internetdagi ko‘zbo‘yamachilik va «oson pul» madaniyatini qoraladi
18:15 / 25.06.2026
«Kun.uz» muxbiri Matbuot xodimlari kuni munosabati bilan prezident tomonidan taqdirlandi
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
18:15 / 30.03.2026