Fan-texnika | 21:06 / 19.04.2018
7748
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar plastikni bir necha kun ichida yo‘q qiluvchi bakteriyani topishdi

Foto: Getty Images

Yaponiyalik olimlar plastikni bir necha kun ichida yo‘q qiluvchi fermentni yaratishdi. Bu bakteriya ayniqsa butilkalar uchun qo‘llanuvchi plastikni tez qayta ishlaydi.

Yaponiyada 2016 yilda chiqindixonada plastikni oddiy usuldagidan ming marta tezroq yutuvchi bakteriyalar aniqlangan. Olimlar ferment strukturasini sintezlay olishgan va u polietilentereftalatni (PET) original bakteriyadan ko‘ra yaxshiroq yuta boshlagan. Biologlar bakteriya plastikning qolgan turlarini ham tezroq qayta ishlay olishi uchun uni yaxshilashmoqchi.

Kelgusida ferment plastikni uni yana qayta ishlab chiqarishda qo‘llash mumkin bo‘lgan hosilalarga parchalashi mumkin. Bu bilan esa dunyoda neft iste'moli, zararli chiqindilar va axlat uyumlari miqdori kamayadi. Bundan tashqari, irsiy modifikatsiyalar yordamida fermentni 70 darajadan yuqoriroq haroratga bardoshli ekstremofil bakteriyalarga o‘tkazish mumkin. Bunday haroratda PET eriydi va bunday shaklda 100 marta tezroq parchalanadi.

Har yil dunyo okeaniga 8 mln tonna plastik tashlanadi. Dunyo okeanini chiqindilardan tozalash bo‘yicha bir necha loyiha mavjud. Ulardan biri The Ocean Cleanup kompaniyasi chiqindilarni yig‘ish uchun suzib yuruvchi to‘siqlar o‘rnatmoqchi. Bu to‘siqlar 5 yil ichida Tinch okeani katta chiqindi dog‘ deb ataluvchi chiqindilar uyumini 50 foizgacha tozalay oladi. Bu dog‘ Gavayi va Kaliforniya o‘rtasida joylashgan bo‘lib, bu yerda plastik chiqindilar shamol va okean oqimlari tufayli to‘planadi.

Mavzuga oid