Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta'minlashdan bo‘yin tovlagan otaga nisbatan jinoyat ishi ko‘rilmoqda
Kun.uz muxbiri joriy yilning 19 aprel sanasida Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tuman sudida ko‘rilayotgan jinoyat ishida qatnashdi.
Ochiq sud majlisida sudlanuvchi J.Ibragimovga nisbatan Jinoyat kodeksining 122 moddasi 1 qismi bo‘yicha, ya'ni voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta'minlashdan bo‘yin tovlash bo‘yicha jinoyat ishi ko‘rildi.

Unga nisbatan ish bo‘yicha ehtiyot chorasi tariqasida munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat qo‘llanilib, ochiqda qoldirilgan edi.
Biroq sud muhokamasi davrida sudlanuvchi J.Ibragimov tomonidan jabrlanuvchi M.Ibragimovaga yetkazilgan moddiy zararni qoplash choralari ko‘rilmadi.

Sud barcha (yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi) holatlarni hisobga olib, sudlanuvchi J.Ibragimovga nisbatan qo‘llanilgan ehtiyot chorasi o‘zgartirdi. Unga nisbatan «qamoqqa olish tarzidagi» ehtiyot chorasi qo‘llanilishi va jinoyat ishi shu sud tarkibida mazmunan ko‘rish davom ettirilishi haqida sud ajrim qildi.
