Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kobuldagi terakt qurbonlari 57 kishigacha yetdi
22 aprel ertalab Afg‘oniston poytaxti Kobulda terrorchi xudkush tomonidan saylovchilarni ro‘yxatga olish markazida sodir etilgan terakt oqibatida 57 kishi halok bo‘ldi, 119 kishi jarohat oldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, qurbonlar soni oshishi mumkin.
Portlash mahalliy vaqt bilan soat 10da sodir etilgan. Ushbu terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.
Avvalroq Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani oktabrda bo‘lib o‘tadigan parlament va mahalliy hududlarga saylovlarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlanganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026