23:46 / 22.04.2018
7258

Rossiya chempionatida intriga saqlanib qoldi

Foto: RFPL

Rossiya Premer-Ligasining 27-turida TsSKA o‘z maydonida «Krasnodar»ni qabul qildi. Moskvadagi «VEB Arena» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi irodali g‘alabasi bilan tugadi.

O‘yindagi barcha gollar ikkinchi bo‘limda urildi. Avvaliga, 53-daqiqada Yuriy Gazinskiy mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqandi, ammo o‘yinning qolgan qismida TsSKA vaziyatni o‘ngladi. Ahmad Musa 73 va 85-daqiqalarda jamoaga muhim g‘alaba keltirgan gollarni urdi.

Endilikda TsSKA 51 ochko bilan RFPL turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni mustahkamladi, «Krasnodar» 47 ochko bilan beshinchi o‘rinda.

Bu o‘yin keyingi mavsumda Chempionlar ligasiga yo‘llanma beradigan uchlik uchun muhim kurash edi.

Bugungi g‘alabadan keyin TsSKA hisobida 51 ochko bor. Moskvaliklar jamoasi ayni vaqtda premer-liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda, bugun Tulaning «Arsenal»i bilan durang o‘ynab qo‘ygan «Zenit» (4-o‘rin)dan 2 ochko ilgarilagan, o‘zaro uchrashuvda mag‘lub etilgan «Krasnodar» (5-o‘rin) 4 ochkoga ortda qoldirilgan.

3-o‘rinda 50 ochko bilan «Spartak» joylashgan. Bu jamoa 27-tur uchrashuvini ertaga «Axmat»ga qarshi o‘tkazadi.

Chempionat peshqadami «Lokomotiv» o‘z maydonida «Ufa»ni yenga olmadi - 0:0. 

«Temiryo‘lchilar» RFPLda qatorasiga ikkinchi o‘yinda ochko yo‘qotmoqda, ufaliklarning g‘alabasiz seriyasi davom etdi - jamoa qatorasiga 4 o‘yinda ochko yo‘qotdi (2 durang va 2 mag‘lubiyat).

Endilikda «Lokomotiv» 57 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda, «Ufa» 36 ochko bilan oltinchi o‘rinda.

Keyingi turda, 30 aprel kuni «Lokomotiv» safarda «Krasnodar»ga qarshi o‘ynaydi, «Ufa» «SKA-Xabarovsk»ni qabul qiladi.

«Tosno» esa «Amkar»ga yutqazdi. Sankt-Peterburgdagi «Petrovskiy» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

G‘oliblar safida gollarga Mixail Kostyukov va Aleksandr Ryazantsev mualliflik qildi. Shu tariqa, «Tosno» RFPLdagi g‘alabasiz seriyasini 6 o‘yinga yetkazdi va turnirni tark etish xavfi ostida qoldi.

Ayni vaqtda «Amkar» 31 ochko bilan RFPL turnir jadvalida 13-o‘rinda joylashgan, «Tosno» 24 ochko bilan 15-o‘rinda qolmoqda.

Rossiya chempionati
27-tur
TsSKA – Krasnodar 2:1
 (0:0, 2:1)
Gollar: 0:1 – 53 Gazinskiy, 1:1 – 73 Musa, 2:1 – 85 Musa.
TsSKA – Akinfeyev, Berezutskiy, Ignashevich, Berezutskiy (Natxo, 69), Fernandes, Kuchayev (Vitino, 59), Bistrovich, Golovin, Nababkin (SHCHennikov, 61), Chalov, Musa.
Krasnodar – Sinitsin, Shishkin, Martynovich, Grankvist, Ramires, Gazinskiy, Pereyra, Klasson, Mamayev, Vanderson (Ivan, 84), Shatov (Joaozino, 16).
Ogohlantirishlar: Kuchayev (21), Mamayev (44).

Lokomotiv – Ufa 0:0 (0:0, 0:0)
Lokomotiv – Gilerme, Ignatev, Chorluka (Denisov, 89), Peychinovich, Rybus, Denisov, Tarasov (Kolomeytsev, 46), Miranchuk (Eder, 58), Miranchuk, Fernandesh, Farfan.
Ufa – Belenov, Nedelcharu, Nikitin, Alikin, Suxov (Tumasyan, 90), Karp, Salatich, Yokich, Stotskiy (Oblyakov, 84), Sysuyev (Krotov, 82), Igboun.
Ogohlantirishlar: Nedelcharu (21), Igboun (35), Karp (43), Chorluka (52), Gilerme (77), Belenov (90).

Tosno – Amkar 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 17, penalti Ryazantsev, 0:2 – 90 Kostyukov.
Tosno – Yurchenko, Margasov, Dugalich, Buyvolov, Suxarev, Poletanovich, Galiulin, Nunu Rosha (Rikardino, 82), Jigulev (Paliyenko, 56), Mirzov, Melkadze (Truyich, 34).
Amkar – Nigmatullin, Milkovich, Idovu, Belorukov, Sivakov, Zanev, Ryazantsev, Gashchenkov, Gol (Kostyukov, 88), Komolov (Ezzatollaxi, 71), Bodul (Braun Forbs, 76).
Ogohlantirishlar: Mirzov (73), Buyvolov (77), Ezzatollaxi (87), Gol (87), Nigmatullin (90).

Top