Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston rahbari «Tolibon» bilan muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov respublika hududida BMT shafe'ligida Afg‘oniston muammosi bo‘yicha muloqot o‘tkazish uchun maydon ajratishga tayyor. Bu haqda Turkmaniston rahbari Toshkentda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan o‘tkazilgan muzokaralardan keyingi chiqishi vaqtida aytib o‘tdi.
«Turkmaniston betaraf davlat sifatida Afg‘oniston muammosini hal etishga qaratilgan, BMT shafe'ligi ostidagi muloqot uchun siyosiy maydon taqdim etishga tayyor», degan Berdimuhamedov.
O‘zbekistonga tashrifi doirasida Turkmaniston rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv vaqtida Afg‘oniston masalasiga alohida to‘xtaldi. U mintaqada iqtisodiy integratsiya va iqtisodiy jarayonlar uchun tinchlik muhim ahamiyatga egaligini ta'kidlab o‘tgan.
Turkmaniston rahbari «Turkmaniston-Afg‘oniston – Pokiston – Hindiston» (TAPI) transmilliy gaz quvuri loyihasi, «Turkmaniston – Afg‘oniston – Pokiston«» elektr uzatish va optik-tolali aloqa liniyalari hamda «Serxetabat – Turgundi» temir yo‘li qurilishi ahamiyati»ni qayd etib o‘tgan.
Fevral oyi oxirida «Kobul jarayoni» xalqaro konferensiyasida Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani chiqish qilib, tolibonlar bilan hech qanday shartlarsiz muzokaralar boshlash tashabbusini bildirgandi. U «Tolibon» harakati qonuniy tarzda siyosiy kuch sifatida Kobulda o‘z vakolatxonasiga ega bo‘lishi mumkinligini bildirgandi.
Afg‘oniston bo‘yicha maslahatlashuvlarda Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston qatorida O‘zbekiston va Turkmaniston ham ishtirok etadi.
Ammo «Tolibon» takliflarni rad etgan, bundan tashqari, tolibonlar shu yilning oktabriga belgilangan parlament saylovlarida ishtirok etishdan bosh tortishgan. Ular mamlakatda minglab xorijlik harbiylar borligi holatida erkin saylovlar o‘tkazib bo‘lmaydi deb hisoblashmoqda.
Mavzuga oid
21:48 / 11.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi
21:56 / 23.09.2025
Turkmanistonda ish haqi va pensiyalarni oshirishdan voz kechish taklif etildi
21:33 / 22.08.2025
Berdimuhamedov Mirziyoyevga O‘zbekiston xalqiga chuqur hurmat-ehtirom ramzi sifatida tuya va bo‘taloq sovg‘a qildi
13:45 / 22.08.2025