Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston TAPH loyihasida ishtirok etadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston rahbari bilan muzokaralardan keyin OAV vakillari bilan uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston-Hindiston (TAPH) transmilliy gaz quvuri loyihasida ishtirok etishini tasdiqlab, bu loyiha Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish omili ekani haqida ma'lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidentining O‘zbekistonga qilgan davlat tashrifi tarixiy ahamiyatga ega bo‘lganini, ikkala tomonning muhokama qilmagan masalalari qolmaganligini alohida qayd etib o‘tdi.
«O‘zbekiston TAPH loyihasida ishtirok etadi... Biz bu loyihada turkman do‘stlarimiz bilan birgalikda tutashuv nuqtasini topamiz.
Bu rostdan ham umumiy loyiha. TAPH, bu — Afg‘onistonda amalga oshirishni xohlagan tinchlik va barqarorlikni ta'minlaydigan jiddiy loyiha», degan O‘zbekiston rahbari.
Buning uchun alohida komissiya tuziladi va ushbu komissiya Ashxobodga borib, O‘zbekiston qaysi nuqtalarda TAPH loyihasida ishtirok etishi mumkinligini o‘rganadi.
TAPH gaz quvurining umumiy uzunligi 1814 kilometrga yaqin bo‘lib, Turkmanistonning yirik Galkinish gaz konidan boshlanadi. Loyihaga ko‘ra bu nuqtani Hindiston va Pokiston chegarasida joylashgan Fazilka punktiga ulash ko‘zda tutilgan. Loyihaning Turkmanistondagi qismida quvur uzunligi 214 kilometrni tashkil qiladi (773 kilometr - Afg‘oniston, 827 kilometr - Pokiston hududida). 2015 yilning dekabrida Turkmanistonda qurilish ishlari boshlangandi, bu bosqichni 2019 yilning dekabriga qadar yakunlash rejalashtirilgan.
Gaz quvuri yiliga 33 milliard kub metr tabiiy gaz o‘tkazish quvvatiga ega bo‘ladi.
Ekspertlarning baholashicha, bu loyihaning amalga oshirilishi Turkmanistonga gaz eksport qilishda yangi imkoniyatlarni ochadi, Afg‘oniston, Pokiston va Hindiston esa yoqilg‘i resurslari uchun o‘sib borayotgan talablarini qondirishi mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
16:34 / 20.03.2026
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
20:29 / 02.03.2026