Jahon | 23:16 / 24.04.2018
67627
1 daqiqa o‘qiladi

Chimkentda 13 yoshli qiz 4,2 kg'li farzandni dunyoga keltirdi

Chimkentda 13 yoshli qiz farzandli bo‘ldi, deya xabar beradi BNews.kz.

Janubiy Qozog‘iston sog‘liqni saqlash boshqarmasida voyaga yetmagan qiz o‘z farzandini 22 aprel kuni 1-sonli perinatal markazda dunyoga keltirgani ma'lum qilingan.

Manbaga ko‘ra, 2005 yilda tug‘ilgan qiz 4,2 kilogramm vaznli sog‘lom bolani hech qanday qiyinchiliklarsiz va jarrohlik aralashuvisiz dunyoga keltirgan.

Voyaga yetmagan ona Janubiy Qozog‘istonning Sariagash tumanidagi Qarato‘be qishlog‘ida o‘z ota-onasi bilan yashaydi. U qishloq maktabining 7-sinfida o‘qiydi.

Politsiyada qayd etilishicha, mazkur ish yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid