Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudi Aramco 2020 yilgacha neft sotish hajmini 4 barobarga oshirishi mumkin
Foto: reuters
Saudiya Arabistonining Saudi Aramco neft kompaniyasi 2020 yilgacha neft va neft mahsulotlari sotish hajmini kuniga 6 mln barrelga yetkazmoqchi. Bu haqda Aramco Trading Co (ATC) rahbari Ibrohim al-Buaynayn Reuters axborot agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Aramco Trading savdo hajmini oshirish uchun, jumladan, joriy yilning 3-choragidan Singapurdagi treyding ofisi orqali Osiyoda neft sotishni boshlamoqchi, 2019 yil 1-choragigacha Yevropada vakolatxonasini ochmoqchi. Al-Buaynaynning aytishicha, kompaniyaning bosh ofisi Saudiya Arabistonining Dahron shahrida qoladi.
Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda kompaniyaning neft mahsulotlarini sotish hajmi kuniga 1,5 mln barrelga yaqinni tashkil qiladi.
Saudi Aramco Saudiya Arabistonining milliy neft kompaniyasi bo‘lib, u 100 foizga Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan nazorat qilinadi. Kompaniya neft qazib olish va uning zaxiralari bo‘yicha dunyodagi eng yirik kompaniya hisoblanadi. Kompaniya, shuningdek, 260,8 mlrd barrelga yaqin neft zaxirasiga ega konlarni nazorat qiladi, bu miqdor dunyodagi neft zaxiralarining chorak qismini tashkil qiladi.
Mavzuga oid
20:50 / 16.05.2026
Fransiya Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasiga qarshi tergov boshladi
09:00 / 13.05.2026
Saudiya Arabistoni Eron hujumlariga javob qaytargan
09:39 / 11.05.2026
Jahonda neft tanqisligi bir milliard barrelga yetdi
13:58 / 06.05.2026