Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ShHT Bosh kotibi lavozimiga nomzod - Vladimir Norov
ShHT Bosh kotibi lavozimiga Vladimir Norov (O‘zbekiston Respublikasi) nomzodini tasdiqlash uchun tegishli taklif davlat rahbarlari sammitida ko‘rib chiqiladi. Bu haqda tashkilotga a'zo davlatlar tashqi siyosiy masalalar mahkamalari rahbarlari shunday qaror qabul qilgan.
Joriy yilning 24 aprel kuni Xitoy poytaxti Pekin shahrida ShHT a'zo davlatlari Tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ishtirok etdi. Yig‘ilishda hisobot yilida amalga oshirilgan vazifalar va tadbirlar haqida ma'lumot berib, hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun kelgusi masalalar muhokama etildi.
Ma'lum qilinishicha, ShHT a'zo davlatlar rahbarlarining sammiti 9 iyun kuni Xitoyda o‘tkazilishi kutilmoqda. Ayni paytda tashkilot Bosh kotibi Rashid Alimovning faoliyati 2018 yilda yakunlanishi e'lon qilingandi.