Prezident: Bolalar qayerdan sariq kasal bo‘lmoqda?
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda. Bu haqda yig‘ilishda qatnashgan KUN.UZ muxbiri xabar bermoqda.
“Bosh vazir o‘rinbosari Xolmurodov va Qo‘chqorovlar ikki hafta muddatda qishloq aholisining ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash uchun zarur bo‘ladigan mablag‘lar manbalarini aniqlasin. Bunda xalqaro moliyaviy institutlar mablag‘larini jalb etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘ringlar.
Agar biz odamlarga ichimlik suvi yetkazib bera olmasak, biz nimani qilgan bo‘lamiz? Kasallik qayerdan chiqyapti? Bolalar qayerdan sariq kasal bo‘lmoqda? Odamlar chidab kelmoqda, lekin endi chidamaydi.
Bundan tashqari, bosh vazir o‘rinbosari Sultonov, Xolmurodov, “O‘zsanoatqurilishbank” – Voitov, bir hafta muddatda qishloqlardagi elektr ta'minotini yaxshilash ishlarini amalga oshirish uchun “O‘zbekenergo”ga imtiyozli shartlarda va uzoq muddatli 100 mlrd so‘m kredit ajratish masalasini hal qilishi kerak. Oldimizda 4-5 oy, keyin kuz, qish boshlanadi. Qilamiz, sifatsiz qilamiz. Bu kerak emas menga, odamlar charchagan. Sifatga e'tibor qaratilishi kerak”, - dedi davlat rahbari.
Mavzuga oid
11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi
09:04 / 30.04.2024
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasini tabrikladi
19:48 / 29.04.2024