Jahon | 22:11 / 27.04.2018
38254
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng boy odamining boyligi 134 mlrd dollarga yetdi 

Foto: pinterest.com

Amazon kompaniyasi 2018 yil 1-choragi bo‘yicha hisobot bergandan keyin kompaniya aksiyalari narxi 7 foizga oshdi, kapitallashuvi 735 mlrd dollarga yetdi. Bunday ijobiy natijalar ortida kompaniya asoschisi, dunyoning eng boy odami Jyeff Bezosning boyligi 12 mlrd dollarga ko‘payib, 134 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.    

Amazon’ning 1-chorakdagi asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari quyidagicha: sof savdo 2017 yilning 1-choragiga nisbatan 43 foizga ko‘payib, 51 mlrd dollarni tashkil qildi; sof daromad esa 125 foizga o‘sib, 1,63 mlrd dollarni, operatsion daromad esa 92 foizga o‘sib 1,93 mlrd dollarni tashkil qilgan.  

Amazon Web Services (AWS) bulut platformasining savdolari 49 foizga o‘sib, 5,4 mlrd dollarni tashkil qilgan. Bu yo‘nalishga kompaniyaning 11 foiz tushumi va 73 foiz operatsion daromadi to‘g‘ri keladi. 

Mavzuga oid