Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA korrupsiyaga aralashgan yana bir mansabdorni butun umrga futboldan chetlatdi
FIFAning etika qo‘mitasi mustaqil sud palatasi Braziliya futbol Konfederatsiyasi (CBF) prezidenti Marko Polo del Neroni barcha turdagi xalqaro va mamlakat miqyosida futbol bilan bog‘liq istalgan faoliyat turidan butun umrga chetlashtirildi. Bu haqda FIFA rasmiy saytida ma'lum qilingan.
Sud palata etika qo‘mitasi olib borgan tergov xulosalari natijasida del Neroni korruptsion ishlarga aralashgan, tashkilotdagi boshqa mansabdorlarning manfaati uchun xizmat qilgani, FIFAning umumiy etika qoidalariga mutlaqo zid ish qilganini aniqladi. Chetlatishdan tashqari unga 1 mln shveysar franki miqdorida jarima ham belgilandi.
Del Nero 2015 yilning 27 may kuni ochilgan FIFAning korruptsion mojarosi doirasida hibsga olingandi. 2015 yilning o‘zida u barcha lavozimlaridan, jumladan FIFA ijroqo‘mi a'zoligidan ham chiqarilgandi.
Mavzuga oid
20:05 / 28.05.2026
Mundial chiptalari nega rekord darajada qimmatlashib ketdi?
23:06 / 21.05.2026
O‘zbekiston U-17 jahon chempionatidagi raqiblarini bilib oldi
22:24 / 18.05.2026
Eron FIFAdan AQShda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etish kafolatini oldi
18:02 / 01.05.2026