O‘zbekiston | 20:31 / 28.04.2018
60981
1 daqiqa o‘qiladi

“Shaytanat” seriali teleekranlarga qaytishi kutilmoqda

Foto: Kino-uz.com

O‘zbekiston xalq yozuvchisi, “Do‘stlik” ordeni sohibi Tohir Malik asari asosida suratga olingan “Shaytanat” seriali teleekranlarga qaytishi kutilmoqda. Serial 90-yillar boshida suratga olingan va keyinchalik teleekranlarda ko‘rinmay qolgan edi.

Serialning aynan qachon teleekranlarda namoyish etilish sanasiga aniqlik kiritilmagan. Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra u keyingi oyda chiqishi mumkin. Mazkur serial bosh rollarida O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa'diyev, xalq artisti Erkin Komilov, Karim Mirhodiyev va boshqa aktyor va aktrisalar ishtirok etishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid