Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy maysazoridan Makron va Tramp o‘tqazgan zarang daraxti yo‘qolib qoldi
AQSh va Fransiya prezidentlari Donald Tramp va Emmanuel Makron tomonidan Oq uy maysazorida o‘tqazilgan zarang daraxti yo‘qolib qoldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Suratda zarang ko‘chati o‘tqazilgan joyda sariq o‘tdan bo‘lak boshqa narsa yo‘qligini ko‘rish mumkin. Oq uyda bu holatga hozircha izoh berilmagan.
Makron rafiqasi Brijit bilan AQSh va Fransiya o‘rtasidagi munosabatlarning 250 yilligi munosabati bilan Vashingtonga tashrif buyurishganda sovg‘a sifatida 1918 yilda Birinchi jahon urushida amerikalik harbiylar ishtirokida ilk yirik jang o‘tgan Bello o‘rmonidagi zarang ko‘chatini olib kelishgan.
Ular Tramp va uning rafiqasi bilan ko‘chatni Oq uy bog‘ida o‘tqazishgan edi.
“100 yil avval amerikalik askarlar Fransiyada, Belloda mustaqilligimizni himoya qilish uchun jang qilishgan. Oq uyning naqd yuragidagi bu zarang bizni birlashtiruvchi aloqani eslatib turadi”, deb yozgandi Makron tvitterda.
Mavzuga oid
16:06 / 01.12.2025
Oq uy saytida OAV uchun “sharmandalar zali” ochildi
08:30 / 27.11.2025
Oq uy yaqinida otishma: afg‘onistonlik muhojir milliy gvardiyachilarni o‘qqa tutdi
21:20 / 21.10.2025
Tramp Oq uyni rekonstruksiya qilishni boshladi
09:32 / 01.10.2025